So’nggi yangiliklar

09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  4 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  4 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  16 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  4 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  6 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  168 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  1 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  6 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  6 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0

"OC" Incheon News: Ikkita bronza medalga ega bo'ldik! Yangiliklar

"OC" Incheon News: Ikkita bronza medalga ega bo'ldik!

Bugun Osiyo o'yinlarining qolgan sport turlari bo'yicha musobaqalar boshlanib ketdi.
olamsport.com sayti orqali musobaqaning yangiliklaridan tezkorlik bilan tanishib borish mumkinligini yana bir bor eslatib o'tamiz.


48 kilogrammgacha vaznga ega sportchi qizlar o'rtasidagi og'ir atletika bahslarida hamyurtimiz Mahliyo Tog'aeva ham ishtirok etdi.

Mahliyo siltab ko'tarishda 81, dast ko'tarishda esa 106 kg toshni ko'tarib jami 187 natija bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi. Bu yo'nalishda oltin medalga Qozog'istonlik Margarita Yelisseeva (194 kg) va kumush medalni esa indoneziyalik Sri Vahyuni Agustiani (187 kg) qo'lga kiritishdi.

Xabaringiz bor, natijalar teng bo'lib qolsa sportchining qaysi biri engilroq bo'lsa o'sha sportchi g'alaba qozonadi. Aynan shu bois ham Tog'aeva bronza medaliga ega bo'ldi.


Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo'lib o'tayotgan Osiyo o'yinlarining dzyudo bahslarida ilk medalga ega bo'ldik. Xabar berganimizdek, 66 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini Mirzohid Farmonov himoya qilayotgandi. Hozirgina vakilimiz bronza medali uchun kechgan bahsda tojikistonlik Rasul Abdusharipovni ippon bahosi evaziga muddatidan avval mag'lub etdi.

Eslatib o'tamiz, Mirzohid yarim finalga qadar Saudiya Arabistoni vakili Hamad Sulaymon Fahad, chorak finalda KXDR polvoni Xyon Song CHoldan ustun kelgandi. Yarim finalda esa dzyudo vatani, yani yaponiyalik polvon Tomofumi Takajoga ippon bahosi evaziga mag'lub bo'lgandi.


Usmonov sportga qo'shayotgan xissasi uchun taqdirlandi

Osiyo o'yinlarining ochilish marosimi FOTOGALEREYA

Incheon-2014. Mahliyo Tog'aeva O'zbekistonga ilk medalni keltirdi!

Incheon-2014. Muqaddas Kubeeva ilk bahsidayoq mag'lub bo'ldi

Incheon-2014. Mirzohid Farmonov bronza medali sohibi!

Incheon-2014. Lutfullaev bronza uchun bahsni yutqazdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика