So’nggi yangiliklar

09:20Пролига. Бугун янги турга старт берилади  0 08:47Sofascore. Шомуродов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳо олди?  3 08:13Суперлига. Бугун Хоразмга катта футбол қайтади  4 07:45Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  5 07:10Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда ғалаба голини урди, "Андижон" ва "Сурхон" эса сафарда мағлубиятга учради  1 04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  2 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  20 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  13 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0

Obradovich: "Neftchi"ga Superligada omad tilayman. Farg'onaliklarni hech qachon esdan chiqarmayman..." Yangiliklar

Obradovich: "Neftchi"ga Superligada omad tilayman. Farg'onaliklarni hech qachon esdan chiqarmayman..."

Saytimiz muxbiri "Neftchi" sobiq hujumchisi, Pro liga o'tgan mavsumining eng yaxshi futbolchisi Marko Obradovich bilan suhbatlashdi.

Bugungi intervyuga rozi bo'lganingiz uchun sizga rahmat, xozir qaerdasiz va qaysi klub bilan shartnoma imzoladingiz? 

– Marko, hozir qaerdasiz? Qaysi klub bilan shartnoma imzoladingiz? 

– Hozirgi kunda Serbiyada, uydaman. Serbiya Superligasi klubi bilan shartnoma imzolashga yaqinman.  

– "Neftchi"dan ketishingizgi nima sabab bo'lgan edi?

– Bu savolni menga emas, klub rahbariyati yoki Mo'minjonovga berganingiz maqul. CHunki shartnoma muddati tugagach, menga uni uzaytirish bo'yicha murojaat qilishmadi. SHundan keyin ketdim.

– Demak, qolish niyatingiz bo'lgan shundaymi?

– Ha, albatta. Meni Farg'onada xamma narsa qanoatlantirgandi, lekin "Neftchi"dan taklif bo'lmadi. 

– O'zbekiston, xususan, Farg'ona xaqida taassurotlaringiz qanday? 

– O'zbekiston xalqi juda xam mehmondo'st. Farg'onada go'zal joylar ko'p, insonlari ham samimiy. Ko'p jihatdan menga yoqqan edi.

– Siz mavsum yakuniga etgach, so'nggi chempionlik o'yinidan so'ng ("Neftchi" – "Dinamo" 2:1) taqdirlash marosimida qatnashmadingiz. Nima sababdan bunday bo'ldi?

-SHu kuni Darko Stanoevich bilan reysimiz bor edi, bir oy avval biletlarni olib qo'ygandik, agar marosimda qatnashsak, samalyotga ulgurmas edik. SHu bois qatnasha olmaganman. 

– O'tgan mavsumda O'zbekiston Pro ligasining eng yaxshi o'yinchisi bo'ldingiz. Bu qanday amalga oshdi? 

– Avvalambor, klubdagi futbolchilar bilan bir-birimizni yaxshi tushundik. SHuningdek, mehnatim samarasi va o'zimga bo'lgan ishonch eng yaxshi bo'lishimni taminladi. 

– Obradovich va Mo'minjonov o'rtasida kelishmovchilik bo'lmaganmi?  

– Yo'q, Mo'minjonov bilan hech qanday ziddiyat kuzatilmagan.

– Kelayotgan mavsumda "Neftchi" va uning muxlislariga tilaklaringiz... 

– "Neftchi” doimo yuragimda saqlanib qoladi. Ularga superligada omad tilayman. Muxlislarga esa klubga muxlislik qilishda tolmasliklarini, eng asosiysi, sog'-salomat bo'lishlarini tilayman. Men farg'onaliklarni xech qachon esdan chiqarmayman. 

Saidabzal Abdullaev suhbatlashdi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика