"Obod" futbolchilari antirekord qayd etishdi
01 iyu 2016 15:02
Yangiliklar
"Obod" futbolchilari antirekord qayd etishdi
Bu o'yinda "Paxtakor" 4:1 hisobida g'olib bo'ldi. Etiborli tomoni oliy liga debyutanti bo'lgan "Obod" klubi hujumchisi SHoxruz Norxonov penaltidan gol ura olmadi. Uchrashuvning 67-daqiqasida Norxonovning 11 metrli jarima to'pidan yo'llagan zarbasini "Paxtakor" posboni Nikita Ribkin qaytarishga erishdi.
Qizig'i "Obod" futbolchilari bu mavsumda jami to'rt marta penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi va umuman gol ura olishmadi. 9-turda "Neftchi"ga qarshi bahsda Pavel Solominning "nuqta"dan yo'llagan zarbasini posbon qaytarib qolgandi. 11-turda "Mashal" bilan bahsda esa Sanjar To'raqulov va SHerzod Jalilov 11 metrli jarima zarbasidan so'ng gol ura olishmagandi.
SHunday qilib, 4 marta penalti tepish huquqiga ega bo'lgan toshkentliklar ularning hech biridan foydalana olishmadi va O'zbekiston chempionati antirekordini qayd etishdi.
Malumot uchun, "Obod" darvozasiga 6 marta penalti belgilangan va ularning 5tasi gol bilan tugagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar