"Obod" 3ta o'yindan buyon yuta olmayapti, "Olmaliq" esa 2 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti
04 noy 2016 11:33
Yangiliklar
"Obod" 3ta o'yindan buyon yuta olmayapti, "Olmaliq" esa 2 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti
Bugun oliy liganing 28-turidan o'rin olgan "Obod" - "Olmaliq" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
"Obod" oliy ligada oxirgi 3ta o'yinning barchasida mag'lub bo'ldi. "So'g'diyona" (1:2) va "SHo'rtan"ga (0:1) safarda imkoniyat boy berilgan bo'lsa, o'z maydonida "Mashal"ga (0:1) yutqazildi.
Oliy liga debyutanti so'nggi bor 1 oktyabr kuni o'z uyida "Neftchi" ustidan zafar quchgan edi.
"Olmaliq" esa aksincha oxirgi ikki o'yinda yutqazmadi va o'z darvozasidan gol ham olib chiqmadi. Igor SHkvirin shogirdlari "SHo'rtan"ni 3:0 hisobida tor-mor etishdi. O'tgan turda esa jamoa o'z muxlislari qarshisida "Andijon" bilan durang o'ynadi - 0:0.
Eslatib o'tamiz, "Obod" - "Olmaliq" uchrashuvi bugun soat 15:00da boshlanadi.
Fikrlar