So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Obid Jo'raboev: “Bugun g'alaba qozonishga harakat qilamiz” Yangiliklar

Obid Jo'raboev: “Bugun g'alaba qozonishga harakat qilamiz”

Bugun oliy liganing 24-turida “Andijon” klubi o'z uyida “Qizilqum” jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan “Andijon” jamoasi futbolchisi Obid Jo'raboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Oliy ligada qolish uchun kurash olib boryapmiz. SHuning uchun har bir ochko oltinga teng. Uyimizda bo'lgan bir nechta o'yinlarda mag'lubiyatga uchradik. “Qizilqum”ga qarshi har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rdik. Bugungi raqibimiz chempionatimizdagi kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Ular ikkinchi davrada tarkibini ancha yaxshilab olgan. Nima bo'lishidan qatiy nazar, bugun g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bundan buyog'iga “jonga jon, qonga qon”. Hozirgi vaziyatimiz og'ir. “Qo'qon-1912” bizdan 1 ochko o'tib ketdi. “Obod” ham etib oldi. Bugun g'alabaga erishsak vaziyatimiz yaxshilanardi. Keyingi turda safarda “SHo'rtan” mehmoni bo'lamiz. Ushbu uchrashuvda ham ochko olsak turnir reytingida o'z o'rnimizni yanada yaxshilab olardik. “Qizilqum”da bo'ydor futbolchilar ko'p. SHuning uchun himoyaviy o'yin ko'rsatsak kerak. Raqibimiz qarshi hujumda yaxshi o'ynaydi”, - deydi “Andijon” klubi futbolchisi Obid Jo'raboev.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика