Obameyyang bu tur maydonga tushmaydi. Nega?
17 noy 2017 10:41
Yangiliklar
Obameyyang bu tur maydonga tushmaydi. Nega?
U klub rahbariyati tomonidan shunday yo'l bilan jazolandi.
Malumotlarga ko'ra, bu jazoga Obameyyangning mashg'ulotga 20 daqiqa kech kelgani sabab bo'lgan. Bundan tashqari, jamoa Ispaniyaga yo'l olgan paytda gabonlik futbolchi bayramda ishtirok etgan va jamoaning sobiq hujumchisi, hozirda "Barselona"da o'ynayotgan Usmon Dembele bilan uchrashgan. Ijtimoiy tarmoqlarda u ukasi Villi bilan tungi klubda dam olayotgani aks etgan suratlar tarqalib ketdi. Obameyyang bu ishlarni bo'sh vaqtida amalga oshirdi, biroq ushbu harakatlar "Borussiya" rahbariyatidagi hammaga ham yoqmagan.
Futbolchi avvallari ham shunday ishlar qilgan: 2016 yilning noyabr oyida u jamoa sobiq murabbiyi Tomas Tuxel tomonidan "Sporting"ga qarshi CHempionlar ligasi uchrashuvidan (1:0) chetlatilgan edi. Bunga sabab qilib u Milanga borgani ko'rsatilgan. 2017 yilning aprel oyida esa Obameyyang "SHalke-04"ga qarshi uchrashuvda (1:1) gol urib Nike kompaniyasining "O'rgimchak odam" uslibidagi niqobini kiygani tufayli jazolangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar