Obameyangdan qoyilmaqom natija

23 okt 2018, 08:00
Gabonlik futbolchi zaxiradan maydonga tushib 2 ta gol urishga erishdi.

“Arsenal” kecha APL 9-turi doirasida “Lester” ustidan 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. O'yinga 61-daqiqada zaxiradan qo'shilgan Per-Emerik Obameyang 5 daqiqa o'tib dublga erishdi. Bu 29 yoshli hujumchining APLdagi 22-o'yinidagi 15 hamda 16-gollari bo'ldi. 15 ta golni tezroq urish “Arsenal” tarixida faqat Terri Anriga nasib qilgan.

Ayni damda hujumchi APL to'purarlari reytingida 6 ta gol bilan 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Agueroda ham 6 ta gol, Eden Azarda esa 7 ta gol mavjud.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live