Obameyang yomon xulqi sabab "Sautgempton"ga qarshi uchrashuvida ishtirok etmagani malum bo'ldi
11 dek 2021 23:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/672922_original.jpg)
![](/upload/storage/672922_220.jpg)
Obameyang yomon xulqi sabab "Sautgempton"ga qarshi uchrashuvida ishtirok etmagani malum bo'ldi
Bu haqida jamoa murabbiyi malum qildi.
"Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang APL 16-turidan o'rin olgan "Sautgempton"ga qarshi uchrashuv qaydnomasidan o'rin olmadi.
Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta ushbu holatga izoh berdi. Malum bo'lishicha, futbolchi jamoaning ichki tartib-intizom qoidalarini buzgan.
"Bizning jamoada bazi narsalar muhokama qilinmaydi. Biz bu holatga to'xtalmaymiz. Bu oddiy masala emas. Biz bunday masuliyatsizlik jamoa sardori bilan yuz berishini xohlamaymiz", -deydi Mikel Arteta.
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchi jamoaning juma kungi mashg'ulotlariga kelmagani haqida xabar qilingandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar