Obameyang - XXI asrda "Real"ga ketma-ket beshta o'yinda gol urgan ilk o'yinchi
21 mar 2022 12:58
Yangiliklar


Obameyang - XXI asrda "Real"ga ketma-ket beshta o'yinda gol urgan ilk o'yinchi
"Barselona" kecha "Real"ni Ispaniya chempionati 29-tur doirasida 4:0 hisobida mag'lub etdi.
Dubl qayd etgan "Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyang o'yinning bosh qahramoniga aylandi.
Gabonlik "Real"ga ketma-ket beshta o'yindan beri gol urmoqda. Forvard bunga qadar Dortmundning "Borussiya" jamoasi tarkibida "qaymoqranglilar"ga to'rtta o'yinda to'rtta gol urgan.
Obameyang - "Real"ga ketma-ket beshta o'yinda gol urgan XXI asrdagi ilk futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar