OAV: "Yuventus" Dibalani sotishga tayyor
30 apr 2019 21:11
Yangiliklar


OAV: "Yuventus" Dibalani sotishga tayyor
Turinnning "Yuventus" klubi mavsum yakunlanganidan so'ng hujumchisi Paulo Dibala bilan xayrlashishi mumkin.
Goal nashrining malumotiga ko'ra, turinliklar 25 yoshli argentinalikni jamoaning asosiy o'yinchisi deb hisoblamayapti va unga bo'ladigan taklifni ko'rib chiqishga tayyor. Avvalroq, Dibalaga MYU, PSJ va "Barselona" jamoalaridan qiziqish bo'lgandi. Ayni vaqtda "Yuventus" Dibala transferi bo'yicha birorta taklif olgani yo'q.
Futbolchining o'zi ortiq zaxira o'yinchisi bo'lishni xohlamasligini yashirib o'tirmadi. A Seriyaning mazkur mavsumida Dibala 27 ta o'yinda 5 marta raqiblar darvozaiga yo'l topa olgan va 6 ta assist egasi bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar