OAV xodimlari diqqatiga!
23 apr 2017 13:16
Yangiliklar
OAV xodimlari diqqatiga!
25 aprel (seshanba) kuni "Lokomotiv" o'z maydonida Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan uchrashuvni o'tkazadi.
"Temiryo'lchilar" TTZdagi "Lokomotiv" stadionida Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klubini qabul qilishadi.
Mazkur bellashuv "Loko" uchun juda muhim ahamiyatga ega, chunki jamoamiz g'alaba qozongan taqdirda keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini saqlab qoladi. Esingizda bo'lsa, Saudiyada kechgan bahs "Loko"ning 0:1 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakun topgandi. Bu gal esa "temiryo'lchilar" o'sha mag'lubiyat alamini olishga urinib ko'rishadi.
Ertaga, 24 aprel kuni har ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida jurnalistlar uchun o'yinoldi matbuot anjumani tashkil qilinadi. Matbuot anjumani "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi va 12:00da boshlanadi. Biz barcha turdagi OAV xodimlarini matbuot anjumaniga taklif etib qolamiz.
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar