So’nggi yangiliklar

13:32Эрон ҳамда Ўзбекистон ўртасидаги финални ким бошқариб боради?  1 13:12Ямаль Туркияда паспортини йўқотди  4 12:56Осиёнинг 2007 йилдаги энг яхши мураббийи Рауф Инилеев 75 ёшда!  2 12:35ФИФА офсайднинг янги қоидасини тасдиқлади  16 12:06Моуринью "Фенербахче"дан ишдан бўшатилишининг асл сабаби маълум  0 11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  7 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  5 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  1 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  2 08:08Бугун финал!  11 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  17 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  11

OAV vakillari uchun IFABning yangi qoidalari bo'yicha seminar bo'lib o'tdi Yangiliklar

OAV vakillari uchun IFABning yangi qoidalari bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

Teglar :  OAV O'zbekiston
Xalqaro Futbol Associaciyalari Kengashi IFAB mart oyidagi yig'ilishida joriy yilning 1 iyunidan boshlab futbol qoidalariga bir qator o'zgartirishlar kiritilishini malum qilgan edi.

Ushbu qoidalar futbolning jonli devor, golni nishonlash, to'pni o'yinga kiritish, qo'l bilan o'ynash, o'yinchi almashtirish, penalti, bahsli to'p, murabbiyga kartochka ko'rsatish kabi holatlari bo'yicha qabul kilingan.


O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasi bayrog'i ostida o'tkaziladigan musobaqalarda ham ushbu qoidalar joriy mavsumning ikkinchi davrasidan etiboran amal qilishni boshlaydi. Qoidalarga kiritilgan o'zgartirishlar bo'yicha dastlab milliy chempionatimiz va kubok bahslarida ishlaydigan hakam hamda nazoratchilar, shuningdek, klublar futbolchi va murabbiylari uchun seminar tashkil etildi.

Bugun esa milliy chempionatimizni yoritib boruvchi ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ham seminar bo'lib o'tdi. Unda Sport va UzReport telekanallari sharxlovchilari, futbolni yoritib boradigan sayt va gazetalar muxbirlari ishtirok etishdi. Seminar davomida O'FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi mutaxassislari ishtirokchilarga qoidalarga kiritilgan yangi o'zgartirishlar xususida batafsil malumot berishdi. OFK instruktori Vladislav Ceytlin tomonidan tayyorlangan taqdimotda videolavha yordamida har bir o'zgartirish bo'yicha to'liq tushuntirish berildi.

Seminar qatnashchilarida yuzaga kelgan savollarga, shuningdek, O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ham javob berdi. Kelajakda bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda o'tkazib borishga kelishib olindi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика