So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

OAV vakillari diqqatiga! Yangiliklar

OAV vakillari diqqatiga!

Teglar :  OAV MTJ
Xabaringiz bor, 8 oktyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

SHuningdek, 7 va 9 oktyabr kunlari futzal bo'yicha terma jamoamiz ham Eron futzalchilarga qarshi kurash olib boradi.

Ushbu uchrashuvlarga tashrif buyurmoqchi bo'lgan OAV vakillari maxsus akkreditaciya orqali stadionga kirishlari mumkin.

Pandemiya sharoiti tufayli bosma yoki internet nashrlaridan bir nafardan jurnalist va fotograf, televideniya xodimlaridan bir nafardan muxbir va operatorga bevosita stadiondan faoliyat olib borishiga ruxsat beriladi.

O'z nashrlari orqali sport sohasini yoritib boradigan OAV vakillari 4 oktyabr soat 17.00 ga qadar media@ufa.uz elektron pochtasiga uchrashuvga tashrif buyuradigan ikki kishilik xodimlar ro'yxatini yuborishi so'raladi.

Ushbu muddat ichida rasmiy tarzda xabar yubormagan OAV vakillari MTJ mashg'ulotlari va O'zbekiston - Eron o'rtoqlik o'yinlariga tashrif buyura olmaydi.

Ro'yxatdan o'tgan OAV vakillari mazkur akkreditaciyalarni 6 oktyabr kuni O'FA binosidan olib ketishlari mumkin.

Stadion hududida sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga amal qilish so'raladi.

OFKning COVID-19 pandemiya sharoitida o'yinlar tashkil etish protokoliga muvofiq, OAV vakillari uchun quyidagilar taqiqlanadi:

- kiyinish xonasini suratga/tasvirga tushirish;
- o'yindan avval va o'yindan keyin futbolchi yoki murabbiy ishtirokidagi “stand-up” intervyular;
- mikst zonadan foydalanish;
- media markazdan foydalanish.

O'yin kuni faqatgina teletranslyaciya (HB) muxbiri kamida 2 metr ijtimoiy masofa saqlagan holda, ikkala jamoa bosh murabbiyi va futbolchilaridan qisqa (“flesh”) intervyu olishiga ruxsat beriladi. Bunda muxbir tibbiy niqob va qo'lqop taqishi, stendli yoki uzun tutqichli mikrofonlardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.

O'yindan avval futbolchilarni maydonga chiqib kelish va jamoaviy suratga tushish jarayonida ishlash uchun faqatgina rasmiy fotografga ruxsat beriladi.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida ovoz yozib olish qurilmalarini (diktofon, telefon va boshqalar) murabbiylar oldidagi stolga qo'yishi taqiqlanadi. Bunda, stendli mikrofonlardan foydalanish tavsiya etiladi.

SHuningdek, fotograflarga anjumanning faqatgina dastlabki 5 daqiqasi davomida suratga olishiga ruxsat beriladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика