So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  31 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

OAV Ronalduning hech qachon "Manchester Siti"ga o'tmasligi to'g'risida aytgan gaplarini yodga oldi Yangiliklar

OAV Ronalduning hech qachon "Manchester Siti"ga o'tmasligi to'g'risida aytgan gaplarini yodga oldi

"Football Italia" nashri portugaliyalik forvard Krishtianu Ronalduning hech qachon "Manchester Siti"ga o'tmasligini aytgan gaplarini eslatib o'tdi.

Portalning qayd etishicha, futbolchi hech qachon "shaharliklar" tarkibiga o'tmaslikka vada bergan, chunki u 2003–2009 yillarda jamoaning asosiy raqiblaridan biri hisoblangan "Manchester Yunayted"da o'ynagan.

"Manchester Siti"ga hech qachon o'tmayman. "Siti"da iqtidorli futbolchilar ko'p va ular "Manchester Yunayted", "Arsenal" va "CHelsi" uchun muammo tug'dirishi mumkin. Lekin bu meni bezovta qilmaydi. Menga "Real"da o'ynash qiziqroq", — degan portugaliyalik futbolchi 2009 yilda Madrid klubiga o'tgandan keyin.

CHempionlar ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin ham Ronaldu "Manchester Siti"ga o'tishi mumkinligi to'g'risidagi savollarga javob berdi.

"Men bunday qilmayman. Nima uchun? CHunki "Manchester Yunayted" yuragimning bir parchasi. Sizningcha, pul fikrimni o'zgartiradimi? Bunday deb o'ylamayman. Menda puldan muammo yo'q. Agar pulga o'ch bo'lganimda, Qatarga borardim. Ehtimol, u erda "Manchester Siti"dan ko'ra ko'proq mablag'ga ega bo'lardim. Gap pulda emas, ishtiyoqda", — degan futbolchi.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi 2018 yildan buyon "Yuventus" tarkibida to'p suradi. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi. Ronaldu "keksa senorlar" safida jami 134 ta o'yin o'tkazib, 101 ta gol urgan.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика