OAV: "Everton"ga kelishi kutilayotgan Rafael Benitesga tahdid qilindi
29 iyu 2021 22:38
Yangiliklar
OAV: "Everton"ga kelishi kutilayotgan Rafael Benitesga tahdid qilindi
Mersisayd policiyasi ispaniyalik murabbiyga qilingan tahdid bilan bog'liq voqeani tekshirmoqda.
"Liverpul" sobiq ustozini tez orada "Everton"ga bosh murabbiy etib tayinlashmoqchi. "Irislar"ning aksariyat muxlislari ushbu nomzod variantini yoqlamayapti, chunki Benites 2007 yilda "Liverpul"ni boshqarayotgan davrida "Everton"ni "kichik klub" deb atagan.
28 iyun kuni mutaxassisning uyi yonida "Biz qaerda yashashingizni bilamiz. SHartnomaga imzo chekmang" deb yozilgan banner paydo bo'ldi. Policiya holat yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlagan.
Ahamiyatli tomoni, agar Benites "Everton" boshqaruviga kelsa, Liverpulning ikki klubini boshqargan tarixdagi birinchi murabbiyga aylanadi.
Fikrlar