"Nyukasl" va "Tottenxem" Zanolo uchun kurashadi Yangiliklar

"Nyukasl" va "Tottenxem" Zanolo uchun kurashadi

Italiyaning "Roma" klubi azosi Nikolo Zanolo Premer-liga klublari qiziqishi doirasiga tushib qoldi.

Rim klubi yarim himoyachisini qo'lga kiritish uchun "hakkalar" "Tottenxem"ni kurashga chaqirmoqda. Italiya jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil yozida nihoyasiga etadigan 23 yoshli futbolchi bilan "Roma" yangi bitimni muhokama qilayotgani haqida hech qanday xabar berilmadi. 

Futbolchi yozda "Olimpiko"ni tark etishi mumkinligi ochiqlangach, uni bir necha klublar kuzatishni boshladi. Unga SHimoliy Londondan jiddiy qiziqish bor, hozirda Angliya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinni band etgan Eddi Xau boshqaruvidagi jamoa ham tarkibini u bilan kuchaytirish haqida o'ylamoqda. 

Zanolo ushbu mavsum Joze Mourinyu jamoasining asosiy o'yinchilaridan biri bo'ldi va barcha turnirlarda jami 17 ta o'yinda maydonga tushirildi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика