"Nyukasl" Tripperni jamoadagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantirishga tayyor
01 jan 2022 10:34
Yangiliklar
"Nyukasl" Tripperni jamoadagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylantirishga tayyor
"Nyukasl" "Atletiko" himoyachisi Kiran Tripperga qiziqish bildirmoqda.
Angliya klubi futbolchiga haftasiga 145 ming evro to'lashga tayyor.
31 yoshli himoyachi "Nyukasl"dagi eng katta maosh oluvchi o'yinchiga aylanishi mumkin.
Tripper joriy mavsum La Liga doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushdi. Uning "Atletiko" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar