"Nyukasl" "Inter" hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
21 dek 2021 15:40
Yangiliklar
"Nyukasl" "Inter" hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Nyukasl" "Inter" hujumchisi Edin Jekoni qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi.
"Nyukasl" 35 yoshli forvardning transferi borasida Milan klubiga yaxshigina taklif berishga tayyor.
Ammo, "Inter" mavsum o'rtasida bosh hujumchisi bilan xayrlashishni istashi qiyin masala.
Edin "Inter"ga o'tgan yozda erkin agent maqomida o'tgandi. Hujumchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar