"Nyukasl" asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
06 okt 2023 11:30
Yangiliklar
"Nyukasl" asosiy futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Eddi Xau jamoasi CHempionlar Ligasida ajoyib o'yin o'tkazdi. "Nyukasl" PSJni 4:1 hisobida mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi, bu esa hozirda musobaqada o'z guruhida birinchi o'rinni egallab turganini anglatadi.
Bu muvaffaqiyatda asosiy o'yinchilardan biri Bruno Gimaraesning hissasi katta. Markaziy yarim himoyachi uzoq vaqtdan beri "Nyukasl"ning asosiy tayanch futbolchisi bo'lib kelgan.
Braziliyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Biroq insayder Fabricio Romanoning aytishicha, futbolchi tez orada shartnomasini 2027/28 yilgi mavsum oxirigacha uzaytiradi.
Har ikki tomon bu masalada to'liq kelishuvga erishgan, faqat rasmiy elon qilish qolgan.
Gimaraes joriy mavsum "hakkalar" safida 10 ta bahsda qatnashdi. Uning hisobida 1 ta gol va 2 ta golli pas bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar