Nyu-Seynts - muddatdan avval Uels chempioni
15 mar 2015 16:02
Yangiliklar

Nyu-Seynts - muddatdan avval Uels chempioni
Nyu-Seynts Uels chempionatining 27-turida Bala Taunni mag'lub etdi (3:0) va ketma-ket to'rtinchi bor mamlakat chempioni bo'ldi.
Kreyg Xarrison jamoasi chempionat tugashiga 5 tur qolganida eng yaqin taqibchisidan 20 ochkoga ilgarilab ketgan.
Oldinroq Nyu-Seynts Liga kubogida g'olib chiqdi. Agar jamoa Uels Kubogini ham qo'lga kiritsa so'nggi 11 yilda uch frontda g'olib chiqqan dastlabki klubga aylanadi.
Mavsum oxirigacha hali kurashadigan narsalarimiz bor. Uchinchi sovrinni qo'lga kiritish va mavsumni mag'lubiyatsiz tugatishni istaymiz. Uels Premer-ligasi tarixida hech bir klub buni uddalay olmagan. Biz birinchi bo'lmoqchimiz, - deydi Xarrison UEFA rasmiy saytiga.

Fikrlar