Nurmatov va Nasimov "Bunyodkor"da mashg'ulot o'tkazishdi
05 jan 2016 18:46
Yangiliklar


Nurmatov va Nasimov "Bunyodkor"da mashg'ulot o'tkazishdi
Bugun Toshkentning "Bunyodkor" klubi navbatdagi mashg'ulotni o'tkazdi.
Bugungi mashg'ulotlarda SHahzodbek Nurmatov va Bahodir Nasimov kabi yangi futbolchilar "qaldirg'ochlar" safida shug'ullanishdi. Serbiyalik legioner Aleksandr Alempievich mashg'ulotni chetdan kuzatdi. Sato Minori yakka tartibda shug'ullandi.
Bundan tashqari, "Qizilqum" klubiga ijaraga berilgan yosh posbon Dilshod Hamroev ham "Bunyodkor" tarkibida mashg'ulot o'tkazdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar