So’nggi yangiliklar

22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  4 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  19 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  14 18:19"Милан"нинг янги мавсум либоси намойиш этилди  1 17:50Осимхен "Ювентус"ни рад этди. АПЛнинг 2 та клуби уни трансфер қилмоқчи  1 17:26"Қўқон-1912" "Қизилқум"дан устун келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05Модричга "Реал"дан янги таклиф тушмади – Ла Лиганинг навбатдаги турида хайрлашув кутилмоқда  4 16:30Хаби Алонсо "Байер"дан Мадридга асосий ҳимоячисини олиб кетади  16

Nurali Sultonov: "Istaysizmi-yo'qmi, 17-18 yoshli bola hali bola" Yangiliklar

Nurali Sultonov: "Istaysizmi-yo'qmi, 17-18 yoshli bola hali bola"

O'zbekiston Birinchiligining 4-turida "Orol"ni qabul qilgan "Nasaf-2" kichik hisobda (1:0) g'alaba qozondi.

Uchrashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Nurali Sultonovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Kechagi uchrashuv anchagina "og'ir" o'tdi. Boisi, futbolchilarga barqarorlik etishmayapti. Bu tabiiy hol. Sababi, qo'l ostimizda 17-18 yoshli bolalar o'ynashadi. Bunday yoshdagi bolalarda barqarorlik har doim ham bir xil bo'lavermaydi. SHuning uchun kechagi bahs biroz "og'ir" o'tdi. O'yin avvalida raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo shogirdlarim bundan foydalana olishmadi. Ammo yakunda baribir g'alabani qozona oldik.

Bizning asosiy maqsadimiz bosh jamoaga futbolchi etishtirib berishdir. 4 o'yindan 6 ochko jamg'ardik. Aslida bundan yaxshiroq ham bo'lishi mumkin edi. Safardagi ikki bahsda ham so'nggi daqiqalarda diqqatni yo'qotishimiz natijasida yutqazib qo'ydik. Buni ham shogirdlarimda barqarorlik etishmagani bilan izohlagan bo'lardim. Istaysizmi-yo'qmi, 17-18 yoshli bola hali bola. O'ylashimcha, biz dastlabki 4 turdan keyin 9 ochkoga loyiq o'yin ko'rsatgan edik.

Furqatbek Nishonov


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика