So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  3 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

"Nurafshon" o'z maydonida "Xotira-79"ni qay tariqa mag'lub etdi? (To'liq sharh) Yangiliklar

"Nurafshon" o'z maydonida "Xotira-79"ni qay tariqa mag'lub etdi? (To'liq sharh)

Teglar :  Xotira-79Nurafshon
Dam olish kuni O'zbekiston Pro-ligasining 12-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Takidlash joizki, “B” guruhida ishtirok etayotgan “Nurafshon” jamoasi Toshkent viloyati sharafini munosib himoya qilmoqda. Navbatdagi o'yinda o'z uyida “Xotira-79” (Uychi tumani, Namangan viloyati) jamoasi bilan kuch sinashgan "yo'lbarslar" bor mahoratlarini ishga solgan holda 3:1 hisobida zafar quchib peshqadamlik mavqesini yanada mustahkamlab olishdi. Mazkur qarama-qarshilik mezbonlarning to'liq ustunligi ostida o'tdi. O'yinning 16-daqiqasida Murod Rajabov chamasi 17 metrlardan raqib darvozasini aniq nishonga oldi, 1:0.

24-daqiqaga kelib, maydon egalari hisobni yanada oshirishdi. Bu pallada “Nurafshon”ning iqtidorli va umidli futbolchilaridan Ruslan Veklich himoyachilarni ortda qoldirgan holda raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va zarba berdi. Uning zarbasi to'singa va raqib himoyachisiga teggan holda, darvozaga kirib ketdi, 2:0. Birinchi bo'lim ushbu hisob bilan yakunlandi.

Kutilganidek, ikkinchi bo'limda ham mezbonlarning ustunligi yaqqol sezilib turdi. Biroq taymning boshini mehmonlar hujumkor boshladi. Ammo ular vaziyatlardan foydalana olishmadi. 67-daqiqada maydon egalari to'purari Orifxo'ja Abduholiqov o'zining chiroyli zarbasi bilan darvozani ishg'ol etdi, 3:0. To'p ustunga teggan holda golga aylandi.

Oradan ko'p o'tmay, namanganliklarning ham oldinga bo'lgan yurishlari o'z samarasini berdi. Baxtiyor Qosimovning zarbasini posbon qaytara olmadi, 3:1. Keyingi daqiqalarda o'yin surati biroz tenglashdi. Goh u, goh bu tomon hujumlarga o'tib turdi, biroq boshqa gollar kiritilmadi.

Ushbu g'alabadan so'ng 22 ochko jamg'argan “Nurafshon” o'z guruhida yaqqol peshqadamga aylanib oldi.

“Nurafshon” – “Xotira-79” 3:1
Hakamlar: E.Tursunov, SH.Erkinov, B.Xudoyberganov.
Nazoratchi – V.SHashkov.
Komissar – R.CHernikov.
Gollar: Murod Rajabov 16, - 1:0. Ruslan Beklich 22, - 2:0. Orifxo'ja Abduxoliqov 67, - 3:0. Baxtiyor Qosimov 73, - 3:1.
"Nurafshon": 1. Ravshanbek Yagudin (35. Abdukarim Muhamedov, 83), 7. Muhammadodil Qahramonov (9. Rixsixo'ja Ahmadxo'jaev, 85), 8. Dostonbek Bahromov (80. Asqar Jajigerov, 70), 10. Murod Rajabov (20. Orifjon Hakimjonov, 89), 13. Ruslan Veklich, 14. Dilshod Fayziev, 15. Abdurasul Komilov, 17. Abdug'ani Kamolov (2. Nurjas Qambarov, 90), 19. Ruslan Vagapov, 27. Murodjon To'ychiboev, 33. Orifxo'ja Abduholiqov.
Zaxira: 3. Abbos Isroilov, 4. Abdumurod Ismoilov.
"Xotira-79": 30. Muhammadali Ashurov, 2. Mahmudjon Najmiddinov, 6. Baxtiyorjon Qosimov, 9. Sohib Abdullaev (10. Akbarsho Rashidxonov, 65), 11. Sobir Hamidov (8. Sunnatillo Rustamov, 67), 12. Sanjar Toshpo'latov (5. Rahmonjon O'rinov, 86), 13. Ilyos Sadriddinov, 14. Botirbek To'raboev, 16. Boburbek Mamajonov, 18. Yodgor Nazarov (15. SHuhrat Hamidov, 81), 19. Fozilbek Dehqonov.
Zaxira: 17. Omadbek Toshtemirov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика