Nununing aytishicha, Keyn "Manchester Siti"ga qarshi o'yinga tayyor
09 avg 2021 20:28
Yangiliklar
Nununing aytishicha, Keyn "Manchester Siti"ga qarshi o'yinga tayyor
"Tottenxem" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu jamoa hujumchisi Xarri Keynning APLning ilk turida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinga tayyorgarligi haqida gapirdi.
Keynning tayyorligi haqida so'ralganda, Nunu har kuni mashg'ulot o'tkazadigan barcha futbolchilar dastlabki turda ishtirok etishi mumkinligini aytdi.
Avvalroq hujumchi "Manchester Siti"ga o'tish istagini bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo London klubi Keynni sotmoqchi emas. «SHaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham klub ingliz forvardiga qiziqish bildirayotgani haqidagi malumotni tasdiqladi.
Eslatib o'tamiz, Keyn "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar