Nunu Eshpiritu Santu "Kristal Pelas"ni boshqarishga yaqin
09 iyu 2021 14:52
Yangiliklar
Nunu Eshpiritu Santu "Kristal Pelas"ni boshqarishga yaqin
"Vulverxempton" sobiq murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu "Kristal Pelas" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar bitimga yaqinlar. Klub shartnomaning tezroq yakunlanishini xohlamoqda.
Portugaliyalik mutaxassis bu lavozimda Roy Xojsonning o'rnini egallaydi.
"Kristal Pelas" APLni 14-o'rinda yakunladi. Nunu esa o'tgan mavsum 13-o'rinni egallagan "Vulverxempton"ni tark etdi.
Fikrlar