So’nggi yangiliklar

17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  0 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  2 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  8 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  9 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  9 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3

Nozim Mullaoxunov: “Qaysi raqib bilan qachon o'ynashning ahamiyati yo'q” Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: “Qaysi raqib bilan qachon o'ynashning ahamiyati yo'q”

“Andijon” murabbiyi Nozim Mullaoxunov oliy liga-2016ga qura tashlash marosimi yakuniga etgach, o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Birinchi turni safarda “Paxtakor”ga qarshi o'tkazadigan bo'ldik. Keyin esa o'z uyimizda “Lokomotiv”ni qabul qilamiz. Yashirmayman bizni oldinda juda qiyin o'yinlar kutib turibdi. Garchi ilk turlarni chempionatning grand klublariga qarshi o'tkazsakda, bundan shaxsan meni sira cho'chimayapman. Ularga qarshi biz ham munosib tayyorgarlik ko'ramiz va muxlislarimizni quvontirishga xarakat qilamiz. Oldindan taslim bo'lish yarashmaydi. “Andijon” ham bo'lajak bahslarda osonlikcha ochko ulashib yubormaydi va buni amalda isbotlashga xarakat qilamiz.

- CHempionatda qaysi raqib bilan qachon o'ynashni ahamiyati yo'q. Baribir grand klublarga qarshi bir kun kelib o'ynash kerak bo'ladi. SHu bois quraga oddiy qaradim. Asosiysi biz chempionatga munosib tayyorgarlik ko'rishga etibor qaratishimiz lozim. SHaxsan men har qanday raqib bilan o'yinda sira yutqazishni istamayman. SHu bois yigitlarni maydonga doim g'alaba uchun chiqishlarini talab qilaman.

- CHempionatning birinchi turini “Paxtakor”ga qarshi o'tkazadigan bo'ldik. To'g'ri, bu yil so'nggi turda bu raqibimizga yirik hisobda taslim bo'lganmiz. Lekin endi bo'lajak bahsga tayyorgarlik umuman boshqacha kechadi. Joriy mavsumning so'nggi o'yini bo'lgani uchunmi, yoki ochko olish unchalik ham zarur bo'lmagani boismi, yigitlar qandaydir o'zlarini ruhiy jihatdan tayyorlay olmagandir. Lekin kelasi yil “Paxtakor”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko'riladi. Bitta “sherlar”ga emas umuman har bir o'yinga puxta hozirlik bo'ladi – deydi Nozim Mullaoxunov.

Islombek Rustambekov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика