So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

Nozim Mullaoxunov: “Himoyamizda muammolar bor” Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: “Himoyamizda muammolar bor”

Toshkentda o'tayotgan PFL Kubogi turnirida Andijonning “UzDongJu” jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Nozim Mullaoxunov boshqaruvidagi “bo'yoqchilar” “A” guruhida ikki o'yin o'tkazib, har ikkisida ham mag'lubiyatga uchradi. Kecha “Paxtakor-2”ga qarshi o'yindan so'ng Mullaoxunov bilan suhbatlashdik.

- Hozir oldimizda turgan eng asosiy vazifa bu – chempionatga munosib tayyorgarlik ko'rib, kurashchan jamoa shakllantirishdir. Albatta PFL Kubogida shunchaki ishtirok etmayapmiz. Natija ham kerak. Yig'inimizga “Andijon”dan 3-4 nafar o'yinchi kelib qo'shilgan. Ularning bari mahalliy yigitlardir. Futbolchilarni oliy ligada o'ynab ketishi uchun yo'l ochib berishimiz kerak.

- Turnirdagi ortda qolgan 2 turdan keyin aytingchi, jamoa o'yini qay tariqa shakllanib bormoqda?
- Guruhda ikkita o'yin o'tkazib mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, yigitlarga jiddiy etiroz yo'q. Negaki biz kurashib engildik. “Mashal”ga qarshi bahsda ham raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatdik deb o'ylayman. Bugun esa “Paxtakor” irodali g'alabaga erishdi. Kamchiliklar ham yo'q emas. Ayniqsa himoyachilar bilan jiddiy ishlashimiz kerakligi ko'zga tashlandi. Umid qilamanki chempionatga qadar kamchilikarni bartaraf etamiz.

- PFL Kubogi musobaqasi “UzDongJu” uchun qanchalik foydali?

- Ushbu turnirda birinchi liga jamoalaridan tashqari elita vakillari ham ishtirok etadi. Tabiiyki bu biz uchun foydadan xoli emas. Raqiblarning saviyasi qanchalik yuqori bo'lsa, kamchiliklaringizni shunchalik yaxshi bilib olishingiz mumkin bo'ladi. Menimcha bu turnir qolgan jamoalar uchun ham foydali bo'lsa kerak.

- Jamoangiz Toshkentda qachongacha yig'in o'tkazadi?
- bu ko'proq PFL Kubogidagi yurishimizga bog'liq. Albatta natijalardan kelib chiqib, ish tutamiz. Balki guruhdagi 3-o'yinni o'tkazib, so'ngra ortga qaytarmiz.

- Olib borilayotgan selekciya ishlaridan qanchalik ko'nglingiz to'lmoqda?
- Yuqorida aytib o'tganimdek, viloyatimizning bosh jamoasi “Andijon”dan 4 nafar futbolchi safimizga kelib qo'shilgan. Albatta ularning foydasi tegadi degan umiddaman. Bizni tashvishga solayotgan jihat, himoyada muammolar borligidir. Lekin endi boshqa o'yinchi taklif etmaymiz. Mahalliy o'yinchilar evaziga jamoa tuzishni maqsad qilganmiz. Buni ayni paytdagi yigitlarga tushuntirib, ularni tayyorlab boramiz.

- Jamoa tarkibiga etibor qaratadigan bo'lsak, bu yil yosh borasida nisbatan biroz kattaroq ko'rinmoqda...
- Agar etibor berayotgan bo'lsangiz, birinchi liga jamoalari ham tarkibni kuchaytirmoqda. Bu yil o'yinlar oson o'tmasligi aniq. Hozircha chempionatni qanday tizimda o'tishi malum bo'lmagan ersada, qiziqarli bo'lishiga umid qilyapmiz. Bu yil ham chempionatda munosib ishtirok etmoqchimiz. SHuning uchun andijonlik birinchi liga toifasida tajribali bo'lgan o'yinchilar hisobiga tarkibni kuchaytirishni lozim topdik.

- CHiziqlar bo'yicha olib aytadigan bo'lsak, asosiy muammo himoya bo'lib turibdimi?

- Ha. Markaziy himoyachilardan ko'ngil to'lmayapti. Bungacha o'tkazilgan nazorat va rasmiy o'yinlarda mudofaa chizig'i vakillari o'zini unchalik ham ko'rsata olishmadi. Yosh borasida olib aytadigan bo'lsak, bizning himoya yosh. SHuning uchun bu borada ko'proq ishlayapmiz.

- Tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarning tadqiri nima bo'ldi?

- CHempionat startiga qadar oldimizda ikki oy vaqt bor. O'tkazilayotgan uchrashuvlar orqali ularni tekshirib boryapmiz. Yaqin bir oy ichida yangi o'yinchilar borasida aniq bir to'xtamga kelamiz.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика