Nozim Mullaoxunov: “Bugun bir ochkolik bo'ldik”
18 iyu 2015 11:14
Yangiliklar
Nozim Mullaoxunov: “Bugun bir ochkolik bo'ldik”
O'zbekiston Birinchiligining 14-turidan o'rin olgan “UzDongJu” – “Oq-tepa” jamoalari o'rtasidagi bellashuv yakunlangach, mezbonlar ustozi Nozim Mullaoxunovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Asosiy o'yinchilarimiz umumiy guruhga qo'shilgunicha yoshlar bilan harakat qilishga majburmiz. To'g'ri, tarkibimizda tajribali futbolchilar ham bor, lekin hujum chizig'imiz zo'r emasligi uchun har xil rotaciyalarni amalga oshirib ko'ryapmiz. Bugungi asosiy maqsadimiz yutqazmaslik va raqibga etarli darajada qarshilik ko'rsatish edi. Maqsadimizga etdik, yutqazmadik. G'alaba qozonishimiz ham, mag'lubiyatga uchrashimiz ham mumkin edi. “Oq-tepa” jamoasi juda kuchli, bu klubni hurmat qilaman. Ochig'ini aytganda, bugun “UzDongJu” bir ochkolik bo'ldi.
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar