So’nggi yangiliklar

15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  3 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  0 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  3 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  7 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  8 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  9 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  14

Nozim Mullaoxunov: "Bizga g'alaba ko'proq zarur edi" Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: "Bizga g'alaba ko'proq zarur edi"

Kecha birinchi liga 9-turi doirasida bo'lib o'tgan "UzDongJu" - "Cementchi" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Nozim Mullaoxunovning fikrlari bilan qiziqdik.
Nozim Mullaoxunov ("UzDongJu" bosh murabbiyi): "CHempionatni boshlanishida muvaffaqiyatli start olgan edik. SHundan keyin ikki asosiy o'yinchilarimiz Bekzod G'oziev va Akmal Jo'raboevlarning jarohat olishlari shogirdlarimga ruhiy tomondan salbiy tasir ko'rsatdi. Bunday holatda futbolchilarni yana qaytadan jipslashtira olish murakkab masala. "Cementchi" juda yaxshi jamoa, yaxshi shakllanganligini ko'rib turibmiz. Ular ham bugun g'alabaga erishishlari mumkin edi. Lekin bizga g'alaba ko'proq zarur edi. Biz asosiy o'yinchilarimizning safga qaytishini kutayapmiz. Biz o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimizga qanday bo'lmasin, xoh chiroyli, xoh mazmunsiz o'ynab bo'lsada erishishga harakat qilayapmiz. Futbol g'alaba qozonishdan iborat. Bizda juda ko'plab yoshlar bor. Ular doimo o'z ustilarida ishlashda davom etishmoqda. Men har o'yinda har xil tarkiblarni tushirib ko'rayapman. Maqsadim har bir o'yinchiga ko'proq o'yin amaliyotini taqdim etish. Futbol doimo muxlislar uchun o'ynaladi. Muxlislarimizga ko'rsatayotgan o'yinimiz yoqayotgan bo'lsa biz xursandmiz.

 Fursatdan foydalanib bugungi o'yin uchun shogirdlarimga katta raxmat aytaman. Bugungi o'yinda taktik jihatdan ozgina kamchiliklarga yo'l qo'ydik. Kuchli sakkiztalikka kirish uchun tezlik bilan harakat qilmoqdamiz. Birinchi davra yakunlandi. Ikkinchi davraga puxta tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Keyingi o'yinlarda G'oziev va Jo'raboevlar qaytishini kutayapmiz. Barchasi shifokorlar qaroriga bog'liq. Ular safga qaytishsa o'yinimizda o'zgarishlar bo'ladi"

Komiljon Ikromov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика