So’nggi yangiliklar

02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  0 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  0 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  1 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1 22:52"Истанбул Башакшеҳир" ўртоқлик ўйинида дуранг қайд этди, Аббосбек Файзуллаевдан гол  7 22:32Лиам Росеньор: "Босим - бу афзаллик"  0 22:01Жиянов қўшилди, Юсупов ва Ўринбоев йўқ. "Навбаҳор"нинг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:46"Динамо" "Ғазалкент"ни мағлуб этган назорат учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  2 21:20Расман: Торнике Дзебниаури - "Сурхон" футболчиси  7 20:53Расман: "Хоразм" "Сурхон" футболчисини ижарага олди  3

Noyer, Boateng, Alaba, Martinez, Myuller, Neymar, Di Mariya va Navas Yangiliklar

Noyer, Boateng, Alaba, Martinez, Myuller, Neymar, Di Mariya va Navas

Bavariya safida ECHLni yutgan 5 nafar futbolchi bor - Noyer, Boateng, Alaba, Martinez va Myuller 2013 yili Londonda shalpangquloqni ko'targandi.

PSJda esa ECHL g'olibligi tamini «Real» va «Barselona»da tatib ko'rgan uch ijrochi bor — Di Mariya («Real»/2014), Neymar («Barselona»/2015) va Navas («Real»/2016/2017/2018).

Tomas Myuller «Bavariya»ning ECHLdagi to'rtinchi finalida ishtirok etishga yaqin. 2010 yilgi «Inter», 2012 yili «CHelsi» va 2013 yilgi mavsumda «Borussiya» Dortmund bilan bo'lgan finalda o'ynagan.

Xaynkes davridagi fantastik mavsumda asosiy rolni bajargan Noyer, Boateng, Alaba va Myuller hozirgi jamoada ham boshlang'ich tarkibda. Agar bugun Boatengni jarohati bezovta qilmasa, unda 7 yil avvalgi to'rtovlon yana asosiy tarkibda ko'rinish beradi.

«Bavariya»ga 2013 yili kelib, barcha ishni do'ndirgan va o'sha mavsumda maksimal effekt bergan Martinez esa hozirda zaxira futbolchisi. Qizig'i, Martinez va Alaba «Bavariya» bilan ECHL finalida o'ynagan va mag'lub bo'lishmagan. Qolgan finalda o'ynagan futbolchilar esa kamida bir bor bo'lsa ham yutqazishgan.

Qizig'i, quda tarafdagi finalda o'ynagan Di Mariya, Neymar yoki Navas ECHL finalida umuman mag'lub bo'lishmagan.

Keylor Navas bugun to'rtinchi marotaba «shalpanquloq»ni ko'tarib rekord o'rnatishi mumkin.

Flik bugun finalda g'alaba qozonsa, unda ECHLdagi barcha o'yinni yutib chempion bo'lgan maestroga aylanadi. Flik murabbiylikdagi debyut  yildayoq ECHL tarixidagi eng qisqa mavsumni o'tkazib, deyarli barcha rekordlarni buzayotgan murabbiy sifatida tarixga yaqinlashmoqda.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика