"Norvich" va "Uotford"ning APLga qaytishi barcha klublarga moliyaviy bonuslarni keltirdi

Sherzod Nurmatov
26 apr 2021, 21:42
Chempionshipning ikki klubi kuni kecha Premer-ligaga qaytishdi.

"Norvich" va "Uotford" bir yil o'tib, Angliya elitasiga qaytdi. Bunday tezkor qaytish Premer-liga klublariga qo'shimcha pul olish imkoniyatini beradi. Gap uch yil ichida chiqib ketadigan jamoalarga to'lanadigan parashyut to'lovlari haqida ketmoqda. "Norvich" va "Uotford" bir mavsumdan keyin yana yuqori ligaga qaytgani sababli barcha klublar 83 million funt sterling ishlab olishadi. 

Agar "Bornmut" pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, APLga chiqsa, bu miqdor ko'payadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com