So’nggi yangiliklar

07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0 06:50Европа лигаси. "Рома" - "Милан" 2:1   0 06:45Европа лигаси. "Аталанта" - "Ливерпуль" 0:1   0 06:40Европа лигаси. "Вест Хэм" - "Байер" 1:1   0 03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  2 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  14 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   12 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  3 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  7 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2

Norsafarov va "Paxtakor". G'alati Yangiliklar

Norsafarov va "Paxtakor". G'alati

Kecha O'zbekiston futbol hakamlar markazi Coca Cola Superliga 4-tur o'yinlarida ishlaydigan hakamlar ro'yxatini elon qildi.

Unga ko'ra Bekobodda o'tadigan "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuviga Firdavs Norsafarov bosh hakam etib tayinlangan.

Qizig'i Norsafarov 3-turdan o'rin olgan "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida VAR hakami sifatida ishlagan va O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra, unga nisbatan Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 7-bandiga asosan Coca Cola Superligasida VAR hakami sifatida 4 tur uchrashuvlaridan chetlashtirish intizom chorasi qo'llanilgan (uchrashuv natijasiga tasir ko'rsatmagani uchun).

Reglament bo'yicha Norsafarov Superligada bosh hakam sifatida ishlashga to'la haqli. Sababi u xatoni VAR hakami sifatida qilgan va aynan VAR hakami sifatida 4ta turga chetlatilgan.

Lekin shaxsan menga g'alati tuyulgan holat Firdavs Norsafarovning yana aynan "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinga tayinlangani bo'ldi. Deylik Norsafarov 4-turdan o'rin olgan istalgan boshqa bahsga tayinlanganida bu maqolani yozmasdim. Bu maqolani "Paxtakor" ishtirokidagi o'yin bo'lgani uchun ham yozayotganim yo'q. Norsafarov masalan "Bunyodkor", OKMK yoki "So'g'diyona" o'yinida ishlab xato qilib keyingi tur yana shu jamoalar ishtirokidagi o'yinga tayinlansa ham shuni yozardim. Yani bir hakam bir jamoa o'yinida xato qilgan va keyingi turning o'zida yana shu jamoa o'yiniga tayinlanmoqda. O'zi bizda kim yoki kimlar hakamlarni uchrashuvlarga tayinlaydi? 

Tasavvur qiling ertaga "Metallurg" - "Paxtakor" uchrashuvini Norsafarov futbol qonun-qoidasi bo'yicha zo'r boshqarsa va aytaylik "Paxtakor" darvozasi tomon toza, 100 foizlik penaltini belgilasa ham baribir unga bosim bo'ladi. "Paxtakor" futbolchilari va muxlislar tomonidan. Norsafarov shu o'yinda o'z ishini to'g'ri qilib penalti belgilagan bo'lishi mumkin, lekin klubdagilar nazdida uning qarori noto'g'ri bo'lib tuyulaveradi. Bularning bariga sabab o'tgan turdagi bilib yoki bilmay qilgan xatosi bo'ladi.

Aslida gap Norsafarovda ham emas, gap uni mana shu o'yinga tayinlaganlarda. Biroz avval Alisher Nikimbaev ham o'z kanalida shu vaziyat bo'yicha fikr qoldirdi. SHunday gap-so'zlar bo'lishi mumkinligini tushunish va Norsafarovni boshqa o'yinga tayinlash uchun maktabda 11ta sinfni tugatishning o'zi etardi menimcha.

Misol uchun "Paxtakor" - "Navbahor" uchrashuvida AVAR (VAR yordamchisi) sifatida ishlagan va Hakamlik intizom kodeksining 2.3 bo'limi 7-bandiga asosan Coca Cola Superligasida VAR hakami sifatida 4 tur uchrashuvidan chetlashtirilgan Baxtiyorxo'ja SHavkatov 4-turdagi "Surxon" - "Buxoro" o'yinida qanot hakami sifatida ishlaydi. SHavkatov umuman boshqa jamoalar ishtirokidagi o'yinga AVAR hakami sifatida ishlab xato qildi va umuman boshqa jamoalar ishtirokidagi o'yinga qanot hakami sifatida tayinlandi. Mana bu men uchun ham reglament, ham insoniylik tomonidan normal holat. Agar bizda hozir bosh hakamlar etishmovchiligi bo'lsa va Norsafarovdan boshqa variant bo'lmasa kim uni aytaylik "Qizilqum" - "Nasaf", "Olimpik" - "Andijon" yoki "Bunyodkor" - "Turon" o'yiniga tayinlashga xalal berdi? G'alati. 


P.S. Bu holat xususiy klinika tufayli vafot etgan inson haqidagi intervyu jarayonida boshqa xususiy klinika reklamasini qo'yishga o'xshaydi. Aslida taqiqlanmagan, lekin insoniylik jihatidan juda noto'g'ri.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика