

Haqqulobodliklar bu ketishda chempionatdan olib tashlanishi ham hech gap emas. Gap shundaki, jamoa rahbariyati futbolchilarning oylik maosh va mukofot pullarini bermay kelmoqda. Natijada futbolchilar tanaffusga qadar jamoa lagerini tark etmoqda. Aytishlaricha, Norin jamoasi Surxon bilan o'yinga Termizga 11 nafar futbolchisi bilan safar uyushtirgan.
Bu borada jamoa a'zolari bilan suhbatlashganimizda, ular ham buni tasdiqladi. Bosh murabbiy Vali Keldievni ham agarda vaziyat shu yo'sinda davom etgudek bo'lsa, aftidan yaqin orada Norin bilan xayrlashishi kutilmoqda. Voqealar rivoji qanday tus olishini vaqt ko'rsatadi.




