“Norin” birinchi ligaga chiqishni ko'zlamoqda
01 dek 2015 11:05
Yangiliklar


“Norin” birinchi ligaga chiqishni ko'zlamoqda
Sababi u erda birinchi ligaga chiqish uchun yangi jamoa tuzildi. Unga homiylik qilayotgan kishilarning niyati ulkan va shu bois ular Farg'onada o'tayotgan birinchi ligaga o'tish turnirida astoydil ishtirok etmoqda. Jamoaga sobiq futbolchi Fayzullo Ahmedov bosh murabbiylik qilmoqda.
Tarkibga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'z vaqtida oliy liga havosidan bahramand bo'lgan Anvar Abduqodirov, Azizullo Mahmudov va Bahodir Valievni uchratish mumkin. SHuningdek ikkinchi liga toifasida tajribali bo'lgan SHoirbek Ro'ziev, SHahboz Jumaboev, Akmal Yuldashev va Damir Jamoliddinov ham bugungi kunda “Norin”ni birinchi ligaga olib chiqish uchun ushbu jamoada o'ynamoqda. Asosan andijonlik futbolchilar hisobiga tarkibni shakllantirgan “Norin” kecha ilk uchrashuvida “Lokomotiv-BFK”ni 4:1 hisobida mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar