So’nggi yangiliklar

09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  8 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4

No'monjon Yusupov: "Ertaga hujumkor o'yin ko'ramiz" Yangiliklar

No'monjon Yusupov: "Ertaga hujumkor o'yin ko'ramiz"

OFK kubogi guruh bosqichi uchinchi turidan o'rin olgan "Xo'jand" - "Oloy" uchrashuvidan oldin qirg'iztonliklar bosh murabbiyi No'monjon Yusupov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ertangi o'yinga o'z rejamiz bor. Raqib yaxshi va tanish jamoa. Ularning ikki o'yinini ko'rib chiqdik. Ijobiy natijani qo'lga kiritishga urinib ko'ramiz. Birinchi o'yinda rejalarimiz amalga oshmadi. Ikkinchi o'yinda esa yigitlar harakatlariga temp qo'shishdi. Muxlislarimiz bizdan g'alaba kutishmoqda".

- Aytganingizdek, dastlabki turda jamoa yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Ikkinchi uchrashuvda esa futbolchilar xarakter ko'rsata oldi: 4ta gol urdi, lekin 5ta gol o'tkazib yubordi. Ertangi bahsdan nima kutish mumkin?

- "Oloy" tarkibidagi ko'p futbolchilar yangi. Yosh futbolchilar ham bor. 2-3 nafar tajribali futbolchilarimiz bizga yordam berishi kutilgandi. Biroq, bu bahona bo'lmasligi kerak. Ertaga tarkibda rotaciyalarni amalga oshiramiz. Kim yutishini o'yin ko'rsatadi. Bir-biriga munosib jamoalar to'qnash keladi. O'ylaymanki, ortimizga yaxshi kayfiyat qaytamiz.

- O'z vaqtida "Xo'jand"da faoliyat olib borgansiz. Ertaga jamoangizdan muxlislarbop va chiroyli futbol kutsak bo'ladimi? CHunki durang ham ikki jamoani qoniqtirishi mumkin...

- Ikki jamoa ham musobaqani ko'tarinki ruhda yakunlash uchun g'alaba qozonishga harakat qiladi. Ertaga hujumkor futbol ko'rsatamiz. 

- Faoliyatingizni "Oloy"da davom ettirasizmi yoki boshqa klublardan takliflar bormi?

- Klub bilan yil yakuniga qadar shartnomam bor. Takliflar har doim bo'lgan. Musobaqadan so'ng rahbariyat qanday qaror qabul qilishiga ham ko'p narsa bog'liq. Qaysi klubda ishlagan bo'lsam sharoitlar yaxshi bo'lgan. Muammo yo'q. Ishlashda davom etyapmiz. "Xo'jand"ga qarshi o'yindan oldin hissiyotlar bo'lishi tabbiy. To'rt yilga yaqin vaqt davomida bu klubda ishlaganman. Muxlislarga, rahbariyatga omad tilayman.

- O'tgan o'yinda o'zini yomon tutgan futbolchiga nisbatan chora ko'rildimi? 

- Kiyinish xonasida konflikt bo'lmadi. Jiddiy chora ko'rildi. Jazo qo'llanildi. Munosabatlar yomon ko'rinish olmagan. Xalqaro o'yinlarni barcha tomosha qiladi. Bu jamoamizning yuzi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика