So’nggi yangiliklar

14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  0 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  0 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  4 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  5 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9

No'mon Hasanov: "Yigitlarga katta rahmat!" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Yigitlarga katta rahmat!"

"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi No'mon Hasanov qatnashdi.

- Yigitlarga katta rahmat! Ular yaxshi o'yin ko'rsatishdi, ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Yakunda bu g'alabaga olib keldi.

- Andreev va Boltaboev ko'rinmayapti? Bu tanqidlar tufaylimi?
- Yo'q, ular jarohat olgan. Bugun ertalab mashg'ulot o'tkazdik. Ularni mashg'ulotlarda qatnashdi. Boltaboev o'n kun mashg'ulotlarda qatnashmadi. Agar uni asosiy tarkibga qo'yganimda o'zimga va boshqalarga nisbatan hurmatsizlik qilgan bo'lardim.

- Jamoada bir nafar hujumchi bor - Sergeev. Qo'l ostingizda Igorning o'rnini bosadigan futbolchi bormi?
- Mashg'ulotlarda 30 nafar futbolchi qatnashadi. Bilasizlar, biz asosan akademiyada tarbiyalanuvchilariga tayanamiz. Tarkibimizda iqtidorli futbolchilar bor. Suhrob Berdievni Igorning yoniga olganmiz. Mana bugun u gol urdi.

- Hujumchi Akobir To'raev nega ko'rinmayapti?
- Uni hali PFLdan ro'yxatdan o'tkazganimiz yo'q. CHunki eski klubi bilan hujjat ishlarini hali hal qilishga ulgurmadi.

- Siz Qo'qon futbolchi tarbiyalanuvchisiz. O'zingizni “Qo'qon-1912”dan qarzdorman deb hisoblaysizmi?
- Qo'qonni hech qachon esdan chiqarmayman. Sababi, men Qo'qon futboli tarbiyalanuvchisiman. Futbolchilik davrimda bu jamoaga qarshi maydonga chiqmasdim. (kulib) Murabbiylikda esa hammasi boshqacha bo'lyapti. Qo'qonliklar xafa bo'lishmasin ko'p gol urib qo'yyapmiz. To'g'ri tushunishadi degan umiddaman. Bu - futbol!

- Kecha o'rinbosarlar uchrashuvida Temur Tolipov uchta gol urdi? Uni asosiy tarkibga jalb qilib ko'rmaysizmi?
- Albatta uchta gol urgan futbolchini nega asosiy tarkibga kiritmasligim kerak? Bugun ham uni maydonga tushurishim mumkin edi, biroq ayrim sabablarga ko'ra, buning iloji bo'lmadi.


Furqatbek Nishonov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика