No'mon Hasanov: “Superligada oson o'yin qolmadi”
24 iyu 2018 01:38
Yangiliklar
No'mon Hasanov: “Superligada oson o'yin qolmadi”
“Nasaf” haqli ravishda g'alaba qozondi. Mezbonlarni g'alaba bilan tabriklayman. Jamoada yosh futbolchilar ko'p bo'lishiga qaramay, maydon egalari yaxshi o'ynashdi.
Bizning esa o'yinimiz qovushmadi. Balki, tig'iz taqvim tufayli shunday bo'ldimi? Havoning issiqligi tasir qildimi? Men ikkita hujumchi bilan o'ynashni yaxshi ko'raman. Gol o'tkazib yuborgach, maydonga ikkinchi hujumchi - Asadovni tushirdim. Vaziyatdan chiqib ketishga harakat qildik. Lekin mag'lubiyatdan qutula olmadik. Bundan oldingi uchta bahsni futbolchilarim yaxshi o'tkazishdi. “Loko”ga yutqazib qo'ygan bo'lsak ham, shogirdlarimning o'yinidan qoniqish hosil qilgandim.
Hozir Superligada oson o'yinning o'zi qolmadi. Har bir uchrashuv shiddatli kechmoqda. Jamoalar har bir ochko uchun qizg'in kurash bo'lmoqda. Hammamizning niyatimiz yaxshi o'yin ko'rsatish, muxlislarni xursand etish.
O'zbek futbolchi uchun legionerlar kerak deb hisoblayman. Masalan, Qo'qonga kelgan xorijiy futbolchilar ko'p narsalarda bizga namuna bo'lishdi. SHunday ekan ularning foydasi ko'p tegadi deb, o'ylayman.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar