So’nggi yangiliklar

14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  0 13:57"Милан" Австралияда ўйин ўтказмайди. Сабаби ошкор бўлди  0 13:30Қувондиқ Рўзиев: "Навбаҳор" мухлислари олдидаги қарзимни узишга ҳаракат қиламан"  4 13:14"Ал Иттиҳод" – "Насаф" беллашуви кореялик ҳакамларга топширилди  1 12:46"Аҳил бўлмасак, бир натижага эришиш қийин. Биргаликда вазифани уддалаймиз" — Тимур Кападзе  3 12:19Эмери "Астон Вилла"нинг тарихий сериясидан сўнг: "Биз чемпионликка даъвогар эмасмиз"  0 11:51"Менга фарқи йўқ": Рафинья ФИФА қарорига хотиржам муносабат билдирди  4 11:24Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Доҳага етиб борди  0 10:46“Ал-Аҳли” - “Андижон” ўйинини ироқлик ҳакамлар бошқаришади  2 10:19Акаки Шулая воҳа жамоасига ўтишга яқин  3 09:48ПСЖ раҳбарияти тарихда ҳали ҳеч ким қилмаган ишни қилмоқчи  4 09:21Аббос Файзуллаев: "2026 йилда кўришгунча"  5 08:55Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди  15 08:27Файзуллаев ва Шомуродов рамзий терма жамоадан жой олишди  6 07:58Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" "Ал Иттиҳод" меҳмони бўлади  9

No'mon Hasanov: "Qiyin vaziyatga tushib qoldik" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Qiyin vaziyatga tushib qoldik"

O'yindan keyingi matbuot anjumanida jamoalar bosh murabbiylari bellashuv haqida fikrlarini bildirib o'tishdi.

No'mon HASANOV ("Paxtakor" murabbiyi): - Tarkibdagi yo'qotishlar qimmatga tushdi. Tojiev, Hoshimov, Sohibov va Boltaboev jarohatlarini davolash bilan band bo'lishdi. Ularni maydonga tushirib, tavakkal qilolmasdik. Javob o'yinigacha ularning yaxshi holatga kirib olishiga umid qilaman. Qiyin vaziyatga tushib qoldik.
Birinchi bo'limda ikkala jamoa ham hech narsa ko'rsatmadi. Ikkinchi bo'limda ham yaxshi o'ynamadik, futbolchilar etarlicha yugurishmadi va yomon o'ynadik. Yosh futbolchilarimiz hozircha yuqori o'yin suratiga tayyor emas.
Iskanderovning jarohati tasirini ko'rsatmoqda. U markazda hujumlarimizni tashkil etishda asosiy futbolchi edi.
 

Jamshid SAIDOV ("Buxoro" bosh murabbiyi): - O'yin va natijadan qoniqish hosil qildim. "Buxoro" anchadan buyon Toshkentda g'alaba qozonmagandi. SHu sababli g'alabadan xursandmiz. Oldinda javob uchrashuvi bor. SHu sababli hushyorlikni yo'qotmasligimiz lozim.
Maqsadimiz qarshi hujumlarda o'ynash edi. Bu rejamiz ish berdi va ikkinchi bo'limda to'p kiritishga erishdik. Hozir yuqoriroq natija ko'rsatishga intilyapmiz. Jamoa tuzish oson emas, hozir o'yinimiz unchalik yaxshi chiqmayapti. Har bir bellashuvda o'yin sifatini ko'tarib borishga intilamiz.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика