So’nggi yangiliklar

20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  29 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  9 20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  11 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0

No'mon Hasanov: "Navbahor"dan taklif tushgani rost lekin... Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Navbahor"dan taklif tushgani rost lekin...

Futbolchilik davrida aqlli o'yin namoyish etgan No'mon Hasanov butsalarini mixga ilgach, o'zi uchun qadrdon bo'lgan "Paxtakor"da murabbiy sifatida ish boshladi.
Oxirgi yillarni asosan ushbu klubda o'tkazib kelayotgan Hasanov bugungi kunda "Paxtakor" yoshlar jamoasiga ustozlik qilib kelmoqda. Yaqinda u kishining o'zi bilan o'zaro suhbatlashganimizda, oliy ligadan jiddiy chorlovlar bo'lmaganini, lekin kelajakda elita jamoalarining birida bosh murabbiy sifatida ishlash rejasidan o'rin olganini aytgandi.

Olingan malumotlarga ko'ra, Hasanov ushbu niyatiga etgan ko'rinadi. Boisi Namanganning "Navbahor" klubi rahbariyati No'mon Hasanovni murabbiylar shtabiga jalb etgan.

Ushbu xolat yuzasidan Hasanovning o'zi bilan bog'lanib, vaziyatga oydinlik kiritdik.
"To'g'ri, Navbahor klubidan taklif bo'ldi, buni inkor eta olmayman  deya dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi Hasanov. Lekin bilasizmi, hozir hech narsa aniq emas. Jamoadagi ahvol juda og'ir. Bundan vaziyatda ish boshlashning o'zi kishini o'ylantirib qo'yadi. Hozircha Toshkentdaman. Ko'ramiz, bu masala balki shu kunlarda aniq bo'lib qolar", -  deya so'ziga yakun yasadi 42 yoshli murabbiy.

SHamol bo'lmasa darahtning uchi qimirlamaydi deganlaridek, Gayning sog'ligi bilan bog'liq muammo yuzaga kelgan bir paytda, Hasanovning Navbahor murabbiylar shtabidan o'rin olishi avvaldan rejalashtirilgandek go'yo. Voqealar rivojini vaqt ko'rsatadi. Kuzatamiz.


Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика