No'mon Hasanov: “G'alaba qozonishimiz kerak edi”
26 apr 2018 07:58
Yangiliklar
No'mon Hasanov: “G'alaba qozonishimiz kerak edi”
“So'g'diyona” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz ustozi No'mon Hasanov va Javohir Sidiqov ishtirok etishdi.
- Mazkur o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. SHunga yarasha o'yin jangovor ruhda o'tdi. Bugungi uchrashuvni yomon o'tkazmadik. G'alaba qozonishimiz kerak edi. CHunki, oldinda borayotgandik. Bugungi bahsdagi harakatlari uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ular bugun borlarini berib to'p surishdi. Muxlislarimizga ham rahmat aytaman, - deydi No'mon Hasanov.
Javohir Sidiqov: Bugungi o'yin shiddatli bo'ldi. Muxlislar chiroyli o'yin guvohiga aylanishdi. Har ikki jamoada ham g'alaba qozonish uchun vaziyatlar bo'ldi. Lekin ulardan foydalana olmadik. Mana to'rtta o'yindirki, durang o'ynayapmiz. Keyingi uchrashuvni o'z maydonimizda o'tkazamiz.O'sha o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Роналду нима учун овоз бермади? Португалия сардори FIFA The Best маросимини ўтказиб юборди
Fikrlar