So’nggi yangiliklar

04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  95 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8

No'mon Hasanov: Futbolchilar qo'rqmasdan o'ynashlari kerak Yangiliklar

No'mon Hasanov: Futbolchilar qo'rqmasdan o'ynashlari kerak

Tajribali futbolchi bo'lgan va hozirda murabbiylik bilan shug'ullanayotgan No'mon Hasanov yaqinda Navbahor klubida maslahatchi murabbiy sifatida ish boshladi.
Namanganliklar uchun ushbu mavsum ham muvaffaqiyatsiz o'tayotgandi. Bungacha jamoada boshqa murabbiylar ham ishlab ko'rdilar. Lekin, natija yaxshi bo'lavermagach rahbariyat bu safar No'mon Hasanovga yuzlandi. Bilsangiz kerak, u Paxtakorda faoliyat olib borayotgandi. Bir necha yil davomida tajribasini to'pladi. SHuning uchun qiyin vaziyatda turgan klubni boshqarishdan qo'rqmadi. Yangi jamoasidagi birinchi o'yinni Qizilqumga qarshi o'tkazib qiyinchilik bilan bo'lsada g'alaba qozondilar. Oxirgi daqiqada urilgan gol Navbahorga uch ochkoni keltirdi. Bu esa Hasanovning debyutini muvaffaqiyatli chiqishini taminladi. Uchrashuvdan keyin u bilan suhbatda bo'ldik.

- Navbahordagi debyut o'yiningiz muvaffaqiyatli chiqqani yoqimli tyulgandir?

- O'yin juda qiyin bo'ldi. CHunki ikkala jamoaga ham g'alaba zarur edi. Raqibimiz uchun ham ushbu uchrashuv muhim hisoblanardi. SHu sababli Qizilqum futbolchilari jonini berib o'ynashdi. Yaxshiyamki, Xudo bizga yordam berdi va yutdik. Golni qo'shimcha vaqtning oxirigi daqiqasida urdik. Qizilqumni ko'rmaganimga ancha bo'lgandi. Tarkibi yaxshi shakllangan, bo'ydor o'yinchilarga ega ekan. Bo'ydorligi uchun yakka kurashlarda yaxshi o'ynashdi. Bizda esa asosan texnika va individula jihatdan yaxshi o'yinchilar bor.

- Yagona golning so'nggi daqiqada kiritilganini hisobga olsak o'yin davomida rosa asabiylashdingizmi?

- Hakamlarga etirozim bo'ldi. Anchadan beri bunday hakamlikni ko'rmagandim. Nima bo'lganda ham asabni saqlashga harakat qildim. Hakam bir-ikki vaziyatda xato qilganida yigitlar o'zlarini yo'qotib qo'yishdi. Tanaffusda yigitlarga hech kimdan qo'rqmasdan o'ynashlarini, hech narsaga etibor bermay, hakamlar bilan gaplashmasdan faqat o'z o'yininglarni ko'rsatinglar dedim. Aytgan gaplarim ularga tasir qildi. Keyin almashtirishlarimiz ham o'yinni kuchaytirdi. Bahs davomida ko'plab standart vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq, futbolchimiz ko'ngildagidek to'plarni oshira olmadi. Ular bo'ydor edi, shuning uchun havoda o'ynashda bizga qiyin bo'lardi. Xudoga shukur, g'alaba qozondik. Agarda durang o'ynaganimizda hozir boshqacha ahvolda bo'lardik. O'yin xuddi durang bilan tugaydigandek edi. Uchrashuv tugashiga 20 soniya qolganidagina gol urdik.

- Demak, oxiriga borib durangga ham rozi edingiz, shundaymi?
- O'zi ilojimiz ham yo'q edi. Uchrashuvdan oldin futbolchilarga har o'yinda gol o'tkazib yuboryapsizlar, avvalo bugun gol qo'yib yubormasligimiz kerak deb qattiq uqtirganman. Navbahorning avvalgi uchrashuvlarini tomosha qilib, jamoani o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborayotganligiga amin bo'ldim. Birinchi navbatda o'yinchilarga himoyada va darvozada qanday o'ynash kerakligini tushuntirdim. Hayriyatki, bo'ydor futbolchilarga ega jamoa bilan o'tgan bellashuvda darvozamiz dahlsizligini saqlay oldik. To'g'ri, hali chiroyli o'yin ko'zga tashlangani yo'q. O'z navbatida aytishim kerakki, men ham afsungar emasman. Bu erga kelganimga besh kun bo'ldi xolos. Bungacha Navbahorning o'yinlarini ko'rmagandim. Disklarini olib obdon ko'rib chiqdim. Bu erdagi futbolchilar o'ynashni biladi. Faqat qo'rqmasdan o'ynash kerak. Maydonda kim xotirjam o'zini erkin his qilib o'ynasa o'sha yutadi. Klubga kelib yigitlar bilan gaplashganimda ularda ishtiyoq bor-u, ammo oyog'ida kuch yo'q edi. SHu bois Qizilqum bilan uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Agar futbolchi yugurmasa o'yinga tayyor bo'la olmaydi. Ularning jismoniy holatini yaxshilashga etibor qaratyapmiz. Bejizga oxirgi daqiqada gol urmadik. CHunki yigitlar uchrashuv so'ngiga qadar jismoniy tomondan yaxshi o'ynashdi.

- Zaxiradan maydonga asosan yosh o'yinchilarni tushirdingiz. Bunday tavakkalchilikdan qo'rqmadingizmi?
- Yo'q, qo'rqmadim. Ularga ishongandim. Masalan, Rashidxanov haqida gapirsam, bir kun avval uni birinchi marta yoshlar uchrashuvida ko'rdim. O'sha o'yinda yoqib qoldi. Hisob 0:0 bo'lib turgan paytda murabbiyga qo'ng'iroq qilib uni boshqasiga almashtirishini ertangi o'yinda menga kerakligini aytdim. Futbolchi murabbiyning yaxshi o'yinchisi shekilli iltimos yana 5-10 daqiqa o'ynasin hisob hali ochilmaldi-ku dedi. Lekin, darhol almashtirishni so'radim. Rashidxanov maydondan chiqib ketgach 20 sekunddan keyin Navbahor gol urdi. Asosiy bahsda o'sha o'yinchini 15 daqiqa qolganida zaxiradan maydonga tushirdim. Balki uning oyog'i yoqqandir. Zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirgan futbolchi birinchi navbatda Islom Ismoilov bo'ldi. Ilgari Paxtakor yoshlarida men bilan birga ishlagan. SHu bois uni yaxshi bilardim. Qo'rqmasdan yoshlarni maydonga tushirdim. Zaxiradan ulardan 5-8 yosh katta o'yinchilar ham bor edi. Biroq, o'yinni kuchaytira oladigan yigitlarni tushirdim. Bizga yaxshi o'ynaydigan, gol uradigan o'yinlar kerak edi.

- Navbahorda chempionatni yakunlanishiga beshta tur qolganda ish boshladingiz. Jamoani boshqarishingizga nima sabab bo'ldi?
- Bu haqda keyingi safar gapirsam bo'lmaydimi (kuladi)? Xullas klubdan taklif tushgach o'ylab ko'raman dedim. Bu haqda yaxshilab fikr yuritdim, do'stlarimdan maslahatlar oldim. Namangan viloyati hokimining o'rinbosarini Toshkentga kelib gaplashgani jamoaga kelishimga tasir ko'rsatdi.

- Oliy ligada faoliyat olib borishingiz oson kechmaydi. Bu haqda o'ylab o'zingiz har tomonlama tayyorladingizmi yoki bunga hojat yo'qmidi?
- Albatta o'zimni tayyorladim. Bungacha boshqa takliflar ham bo'lgandi. Lekin, u paytda hali tayyor emasdim. Futbolchilik faoliyatimni tugatganimga ancha bo'ldi. Keyin murabbiylikka o'qidim, o'rgandim. Bazilar futbolni tugatib murabbiylik qilishadi. Futbol o'ynash boshqa, murabbiylik qilish umuman boshqa. Hammasini o'rganib taroziga solib, to'rt yil kutib keyin bosh murabbiylikka o'tdim.

- Bungacha Paxtakor yoshlarida murabbiylik qilayotgandingiz. U erdan ketishda muammo bo'lmadimi?
- To'g'ri, avvaliga Paxtakor klub rahbarlari ruxsat berishni istashmadi. SHunday bo'lsada, Samvel Babayan ketishimga ruxsat berdi. U bilan ancha gaplashdim, ularga kerakligimni, vaziyat o'zgarsa bemalol qaytishimni joyim borligini aytdi. Hatto o'yindan bir kun oldin ham qo'ng'iroq qilib xohlasam qaytishim mumkinligini takidladi.

- Navbahorda ish boshlaganingizdan keyin birinchi navbatda nimani o'zgartirdingiz?
- Kollektivni o'zgartirdim. Futbol bu jamoaviy o'yin. Futbolni ko'p o'ynaganim uchun o'yinchilarga yaxshilab tushuntirdim. To'rt kishi u yoqda, besh kishi bu yoqda yursa unda jamoa tuzib bo'lmaydi. Futbolda hamjihatlik muhim ahamiyatga ega. SHu sababli ichki muhitni to'g'riladim. Har bir o'yinchi bilan alohida suhbatlashdim. CHunki futbolchilar ham har xil xarakterga ega. Muhimi, ularni o'yinga to'g'ri tayyorlash lozim. Jamoada 24 nafar futbolchi bor. Ular orasidan 11 nafarini tanlab olishni ham bilish kerak. Bu jamoani men yig'maganman. Ammo, yaxshi yigitlar yig'ilgan. Ularga rahmat, chunki menga ishonishdi. Klub oliy ligada qolishi kerak. Yangi o'yingohda ham shug'ullandik. O'yinchilarning ruhiyatini yaxshilashga harakat qildim.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика