No'mon Hasanov: “Birinchi bo'limda tashabbusga ega bo'ldik”
29 apr 2017 23:45
Yangiliklar
No'mon Hasanov: “Birinchi bo'limda tashabbusga ega bo'ldik”
– O'yin chiroyli tarzda o'tdi. Birinchi bo'limda biz tashabbusga ega bo'ldik. Ikkinchi taymda esa “SHo'rtan” yaxshi o'ynadi, vaziyatlar yaratdi. SHogirdlarimga esa etti turdan beri mag'lubiyatga uchramayotganliklari uchun katta rahmat aytaman. Bizning har doim qo'llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildiraman.
Oldimizdagi asosiy maqsadimiz chiroyli o'yinlarimiz orqali ishqibozlarni stadionga qaytarish edi. O'ylaymanki, maqsadimizga erishib boryapmiz. Qo'qondagi o'ynlarda stadionimiz muxlislar bilan liq to'lmoqda.
Bugun raqibimiz safida Taranning yo'qligi ham bizning foydamizga ishladi deb o'ylayman. CHunki, Igor kuchli hujumchi sanaladi. G'uzorliklarning ikkinchi taymda ko'rsatgan o'yini tahsinga sazovor. O'zim ham futbolchilik paytimda “SHo'rtan”da to'p surganman. Bu jamoaga keyingi o'yinlarda omad tilab qolaman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar