No'mon Hasanov: Agar jamoada qolsam, Solovyovni Navbahorda olib qolgan bo'lardim
20 noy 2020 20:22
Yangiliklar
No'mon Hasanov: Agar jamoada qolsam, Solovyovni Navbahorda olib qolgan bo'lardim
Coca Cola Superliganing 23-turidan o'rin olgan Navbahor - Surxon (1:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi No'mon Hasanov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bugungi o'yin yaxshi o'tdi. Futbolchilar maydonda rohatlanib bir-birlariga pas berishmoqda. Ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik.
Kelasi yil «Navbahor»da ishlashim hozircha aniq emas. Solovyov haqida to'xtalib o'tadigan bo'lsam, yaxshi va mehnatkash futbolchi. Agar jamoada qolsam, Ivanni «Navbahor»da olib qolgan bo'lardim.
«Oq-tepa» bilan o'yinga ham jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ramiz. Ushbu o'yinda har narsa sodir bo'lishi mumkin. «Oq-tepa» bitta gol urib, himoyani mustahkam ushlab, natijaga erishishi mumkin. SHuni inobatga olgan holda, astoydil harakat qilamiz.
Ayrim muxlislardan jamoani qo'llab-quvvatlashlarini va futbolchilarni so'kmasliklarini iltimos qilib qolaman. Bu futbolchilarga salbiy tasir qiladi.
Fikrlar