So’nggi yangiliklar

13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  2 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  3 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  48 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  6 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  4 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  13 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0

Nom emas, “non” topishga ko'maklashing! Yangiliklar

Nom emas, “non” topishga ko'maklashing!

Teglar :  Nasaf
Bugun ertalab ijtimoiy tarmoqlarni “titkilab” turib, Qashqadaryo viloyat hokimligining Telegramdagi rasmiy kanalida “Nasaf” stadioniga qarashli “Markaziy” stadionga yangi nom uchun so'rovnoma o'tkazilayotganiga ko'zim tushdi.

Jamoadagi ayni paytdagi vaziyatdan biroz bo'lsada xabardor bo'lganim uchun so'rovnomani ko'rib bir jahlim chiqdi, bir kulgim keldi.

Kuni kecha “Andijon” futbol klubi rahbariyati klub logotipi va jamoa to'p tepadigan stadion nomini o'zgartirganligi haqida o'qigandik. “Qovun qovundan rang oladi”, deganlaridek, aftidan, “Nasaf”ning jonkuyar “rahbarlari” shu yo'l bilan muxlislarni  jamoadagi muammolardan chalg'itishga urinishgan shekilli. Umuman yurtimiz futbol olamida qaysidir jamoa yoki tashkilotga yangi rahbar kelishi bilan ishni klub logotipi yoki stadion nomini o'zgartirishdan boshlashi yangilik emas. Uzoqqa bormaylik, O'FF nomi O'FAga , “Bunyodkor” stadionini “Milliy” deya o'zgartirilgani (rasmiy hujjatlarda hali ham “Bunyodkor” nomi yuritilmoqda) hali yodimizdan ko'tarilgani yo'q. 

Xo'sh, Qarshi shahridagi “Markaziy” stadion nomini o'zgartirish kimga va nima uchun kerak bo'ldi? Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida Qashqadaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqovga murojaat qilganimizda “hozir o'z-o'zidan biror nom tanlaganda ko'ra, rahbariyat xalqni ham tinglaylik deyishgan” deya qisqa javob bilan cheklandi.

“E qoyil”, “bor ekanku xalqniyam tinglaydigan rahbariyat” devorgim keldiyu, hurmatli “hokim buva”ning  “Nasaf” moliyaviy muammolarga qaramay, Superligani 2-o'rinda tugatgani va o'sha paytda jamoani tabriklab, “har qanday qo'llab-quvvatlovga va ko'makka tayyorman” degan gaplari yodimga tushdi. 1. Balki viloyat rahbari stadioni nomini o'zgartirish bilan jamoani qo'llab-qo'vvatlashni maqsad qilgandir?! Balkim?! Lekin klubdagi hozirgi moliyaviy holat – ishchi xodimlarning bir necha oylab maosh olmay ishlab kelayotganligi, jamoaning turli tashkilotlardan qarzdorligi bir necha yuz millionlardan iborat summani tashkil etayotganini ham shunchaki eslatib o'tmoqchiman. SHu va shu kabi muammolar ildiz otib ketgan klubda hozirgi sharoitda stadion nomini o'zgartirish (uchun so'rovnoma o'tkazish)dan men hech qanday mantiq topa olmadim. Sizchi?

Aziz NURIY

Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика