Nolito: "Menda Angliya, Xitoy, Rossiya va Dubaydan takliflar bor edi"
Aslanov Jasurbek
5 mar 2016, 12:12
"Selta" yarim himoyachisi Nolitoning ma'lum qilishicha, o'tgan transfer oynasida unga turli mamlakat klublaridan taklif bo'lgan.
"Dekabrda Angliya, Xitoy, Rossiya va Dubay klublaridan takliflar bo'ldi. Ammo "Selta"da baxtliman va Yevropa chempionatida o'ynashni istayman" - deydi Nolito.