Noyer: "Gvardiola "Bavariya"da qolishini istayman, bunday murabbiylar dunyoda ko'p emas"
28 jan 2015 10:28
Yangiliklar


Noyer: "Gvardiola "Bavariya"da qolishini istayman, bunday murabbiylar dunyoda ko'p emas"
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoani tark etmasligini xohlaydi.
"U "Bavariya" bilan shartnomasini uzaytirsa xursand bo'lar edim. Bunday murabbiylarni yana uchratish qiyin" - deydi Noyer.
Eslatib o'tamiz, Gvardiolaning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilgacha belgilangan.

Fikrlar