Noyer: "Bavariya" o'yinni boshqardi, ammo yuz foizlik imkoniyatlar yarata olmadi"
27 okt 2014 10:41
Yangiliklar


Noyer: "Bavariya" o'yinni boshqardi, ammo yuz foizlik imkoniyatlar yarata olmadi"
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer o'z jamoasining Myonxengladbaxning "Borussiya" klubiga qarshi o'tgan uchrashuvi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda to'liq o'yinni boshqardik, ammo yuz foizlik imkoniyatlarni yarata olmadik. SHu sababli 0:0" - deydi Noyer.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" to'qqiz turdan so'ng turnir jadvalida 21 ochko to'plab, birinchi o'rinda ketmoqda.

Fikrlar