So’nggi yangiliklar

11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  0 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  0 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  3 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  26 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  2 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6

Nodirxo'ja Yuldashev. Qadimiy Rimdagi, qadimiy stadionda, "Lacio" - "Milan" uchrashuvidan reportaj Yangiliklar

Nodirxo'ja Yuldashev. Qadimiy Rimdagi, qadimiy stadionda, "Lacio" - "Milan" uchrashuvidan reportaj

O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yin kuni safarga ketishim malum bo'ldi. Juda ham istagan edim, O'zbekiston havo yo'llarining samoleti Rimga qo'nganida, bort vakillarini MTJni JCHga chiqqanligi bilan bizni tabriklashlarini.

Afsuski unday bo'lmadi, kamiga reysimiz 9 soatga qoldirildi. Aeraportda o'yinni to'g'ridan-to'g'ri ko'radigan bo'ldik. Qolgani o'zingizga malum, kayfiyatsiz Rimga uchdik.

Italiyaga qilinadigan safardan maqsad "JFL" bolalar futbol klubini zamonaviy ishlashi borasida ish ko'rganish edi. Ilyos Zeytullaev Toshkentga kelganida bizning bolalarni ko'rib, bu haqda italyanlarga aytgan ekan. Hamkorlik bo'yicha taklifimizga ular yo'q deyishmadi. Umuman bu boshqa mavzu, Italiyadagi murabbiylar tizimi va musobaqa o'tkazish formulasiga havas qilsa arziydi. Qaytgach bu haqda batafsil yozaman. Safar oldidan bizda ikkita o'yinni ko'rish imkoniyati bor edi, biri "Yuventus" - "Kevo", ikkinchisi "Lacio" - "Milan". Ikkinchisini maqul ko'rdik. Sababi, "Stadio Olimpico" o'zining tarixiy arenalardan biri ekanligi bilan ham bizni o'ziga rom etgandi.


Mana o'sha mashhur arena

Bilasiz, "Olimpiya stadioni"da "Roma" va "Lacio" jamoalari uy uchrashuvlarini o'tkazadilar. UEFAning 4 yulduzli stadionida so'nggi marotaba 2006 yil ECHL finali bo'lib o'tgan edi. Yodingizda bo'lsa o'sha o'yinda "Arsenal" va "Barselona" to'qnashgan, unda kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchgan edilar. Undan avval yana uch marotaba Rim ECHL finaliga mezbonlik qilgan. Eng katta forum 1960 yil bo'lib o'tgan. O'shanda Rim yozgi Olimpiada o'yinlarini qabul qilgan edi. Evro 1968 va 1980 ham shu arenada bo'lgan. Germaniyaning g'alabasi bilan yakunlangan JCH -90 ham aynan shu arenada, 70 mingdan ortiq muxlis qarshisida o'tgandi. 


Stadion qanchalik eski bo'lmasin, OAV uchun yangicha sharoit mavjud. TVda ko'p ko'rasiz, markaziy sektor bo'sh bo'lib turadi. Aslida u er OAVning joyi va ularnga juda ham keng sharoit yaratilgan bo'ladi. 

Qisqasi Abruccodan o'yin kuni yo'lga chiqdik. Yomg'ir shunaqangi yog'di... Bizda qattiq yomg'ir yog'sa yarim soatga bormay tinadi, bu erda 4 soatdan ortiq davom etdi. Bir kun avval "Roma"ning safarda "Sampdoriya"ga qarshi o'yini qoldirilgandi. "Yuventus" ham qiynaldi. Avtobus 5 soat yuradi, Rimga yaqinlashayotganimizda matbuot "Lacio" - "Milan" o'yini qoldirilishi mumkinligi haqida qayd etgan ekan. Mehmonxonaga joylashib, stadion tomon yo'lga chiqdik. Yomg'ir tingan. Lekin stadion atrofida odam kamdek, o'yinni qoldirilishi mumkinligi haqidagi xabarni stadion tomon borgachgina bildik, lekin havo ochilib ketganligi uchun bahs bo'lib o'tishi malum qilingan ekan. Rimda bo'lib o'yinni ko'rmaslik, adolatsizlik bo'lardi.


Muxlislar stadiong kelishayapti

CHiptalar uchun navbat kam emas, "Barselona" va "Real" stadionlaridan farqli ravishda, kuchli yomg'ir yoqqanligi uchun bo'lsa kerak ko'cha bozorini ko'rmadik. CHiptalar Italiya uchun ham arzon emas. Ikki jamoaning muxlislar sektori uchun 17 evro, undan keyingi eng arzon chipta 43 evro. Markaziy sektor 72 evro. 120 evroga siz SIPdan joy olasiz. CHipta narxlari o'yinning saviyasi va jamoani turnir jadvalidagi o'yinidan kelib chiqib o'zgarib turadi. Rimda "Roma"ning ishqibozi ko'p, shuning uchun 80 mingli stadionga bor yo'g'i 38 000 muxlis tashrif buyurdi :). 

Italiyadagi chipta tizimini O'zbekistonda qo'llash kerak. CHiptani internetdan harid qilasizmi, kassadanmi farqi yo'q pasportingizni ko'rsatishingiz shart. Pasportsiz chipta sotilmaydi. Navbat ham siz o'ylaganingizdek turna qator emas, barchasi professional holatda ishlab chiqilganligi uchun ham madaniyatsizlik yo'q. Olib sotarlar umuman yo'q, sababi chiptani sotib olganingizdan keyin ham ikkita nazorat punktidan pasportingizni ko'rsatib o'tishingiz va undagi ism sharifingiz chiptadagisi bilan to'g'ri kelishi kerak. Hech qanaqasiga birovning chiptasi bilan stadionga kira olmaysiz, bu olib sotarlarga o'rin yo'q degani. Men ham shu tizimni hech bo'lmasa MTJ miqyosida O'zbekistonga olib kirishni istagan bo'lardim. 


Mana shunday tartibda chiptalarni sotib olasiz. Bizga o'xshab markaziy chiptalar kassalarni ko'rmay sotilmay qolmaydi.

CHap tomonda "Milan", o'ng tomonda "Lacio" muxlislari. Mahalliy soat bilan 15:00da boshlanishi kerak bo'lgan o'yin 16:00ga ko'chirilgan edi. Natijada biz, jamoaning Olimpik laqamli burgutini o'yindan oldin uchirish marosimini ko'radigan bo'ldik. Ko'p ko'rgansiz, "Lacio" ishtirokidagi o'yin oldidan klub timsoli bo'lgan burgut stadion bo'ylab parvoz qiladi. Haqiqatdan ham chiroyli va tasirchan manzara.


Mana o'sha burgut parvoz aylayapti...


Diqqat, burgut qo'nayapti ))


Immobile urgan gollaridan keyin tablo uning surati bilan yarq etib turdi


"Lacio"ning uchrashuvida "Roma"ning ashaddiy muxlisi

O'yin boshlandi. O'yin haqida to'xtalib o'tirmayman. Madridda va Barselonada bo'lgan klasikolarni ko'rdim. PSJni o'yini stadionida ko'rdim. Jismonan futbolchilar juda ham baqquvat, lekin shu o'yiini to'g'ri ishlasak biz ham qila olamiz. TVda o'yinni shunday epizodlarini qayta-qayta ko'rsatishadi-ki, bu yog'i marketing. Lekin Immobile degan uchar otga gap yo'q. Yugura turib texnikani ishga solish qobiliyatini shu kungacha Ronalduda ko'rganmiz, Immobilening paytida, kerak joyda bo'lish qobiliyati, golni his etishiga faqat qarsak chalish mumkin. O'yindan avval ustunlik "Milan"da bo'lgan bo'lsada, CHalxonogluni zaxirada qolishi 20-daqiqadan keyin rimliklarni ochilib ketishiga sabablardan biri bo'ldi. 2:0 hisobida jamoalar tanaffusga chiqib ketishdi. 10 daqiqa murabbiydan kerakli ko'rsatmalarni olib chiqqan CHalxonoglu chigal yozdi mashqlarini bajarish uchun maydonga qaytdi, menimcha Montella uni o'yin boshlanib olgach tushirishni maqsad qilgandi, ammo ikkinchi bo'limning boshidanoq "Lacio"ni ikkita gol urishi uning rejalarini chippakka chiqardi. SHunday bo'lsada u maydonga tushdi va o'yinni o'zgartira oldi, ammo natijani emas. Qoyil qolganim, 4:0 hisobidan keyin milanlik muxlislarni islandlarning "xuk"ini qo'llay boshlaganlari. Odatda bizda jamoamiz yirik hisobda mag'lubiyatga uchrasa yo hakamni, yo murabbiyni so'kib o'tiramiz. 


Itayalilik Hasan Pirmuhamedov 

Bu oddiy o'yin emas edi, faoliyatini "Roma" va "Lacio"da o'tkazgan Montella - Inzagi to'qnashuvi edi. Hozircha birinchi to'qnashuvda Filipponing ukasi ustun chiqdi. 

Ertasi kuni shahar aylanar ekansiz, turli tuman nuqtalarda "Roma"ning do'konlarini ko'rasiz. Kirib, qanday qilib bir necha yuz evrolik haridni amalga oshirganingizni bilmay qolasiz. 


"Roma"ning bugungi kundagi yulduzlari, ular do'konlarda Tottining o'rnini egallashgan

Stadionni tark etar ekansiz, biron kishini urushganini ko'rmaysiz, birontasi yoqalashmaydi, mashinalarga ham teginishmaydi. Sababi bitta, ular uchun futbol teatr, yangi Prezident muborak futbol muxlislari!


"Milan" muxlislari 90-daqiqada. Yirik hisob ularni jamoalariga qarshi ketishlariga sabab bo'la olmadi.

TAS-IX


Ko'chirib olish (skachat)


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика