So’nggi yangiliklar

00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпуль"нинг боши қотган  1 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  0 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  3 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  0 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  14 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0

Nodirbek To'ychiev: “Yoshlarga yo'l berishni lozim topdim” Yangiliklar

Nodirbek To'ychiev: “Yoshlarga yo'l berishni lozim topdim”

“Andijon” ishqibozlar klubi raisi Nodirbek To'ychiev o'z arizasiga binoan istefoga chiqdi.

Buning sabablarini bilish maqsadida uning o'ziga murojaat qildik. 

- SHu kungacha sevimli “Andijon” jamoamizni qaerda bo'lmasin, har qanday xolatda qo'llab-quvvatlab keldik. Muxlislarni birlashtirib, ularni ahil oiladek qila oldik deb o'ylayman. Har xolda boshqa viloyatdagilar havas bilan qarab keladi. Jamoamizning qaysi safar o'yiniga bormaylik, mezbonlar bilan ham iliq munosabat o'rnatganimiz ustun kelib, uchrashuv paytida tinchlikni saqlagan xolda, madaniyatli bo'lib, futbolchilarni olqishlab boramiz. Inson yoshi o'tgan sayin asabiylashib borarkan. SHaxsan menda shunaqa xolat bo'ldi. Oxirgi vaqtlarda ko'p asabiylasha boshladim. Sog'ligim ko'tarmay qolayotgandi. Hammamiz uchun eng avvalo oila muqaddasdir. Farzandlarimiz ham bo'y ko'rsatib borayotgan bir paytda ishqibozlar sardori bo'lib yurish ham mantiqan to'g'ri kelmasa kerak degan fikrga bordim. SHuning uchun klub ofisiga borib o'z arizamga binoan istefoga chiqishga qaror qildim. Bu bilan orqamizda turgan yosh va serg'ayrat ukalarimizga yo'l berdik. Endi bu bilan “Andijon”ni o'yinlariga kirmayman demoqchi emasman. Bundan keyin ham sevimli jamoamning yutuqlarini ko'rishni istayman. Ishqibozga hech kim stadionga kirishni man eta olmaydi. SHu kungacha quyosh charaqlab chiqib turgan paytda ham 18-sektorda muxlislik qildik. Endi qarama-qarshi tribunadan o'rin olamiz. 

- Ishqibozlar klubi raisi sifatida yurganimda qo'limdan kelganicha yangilik yaratib, muxlislarni bir maqsad yo'lida jipslashtira olgandim. Endi keyingi rais kim bo'lishini men bilmayman. Faqat shuni istardimki, bundan keyin ham “Andijon” muxlislar klubi mavqeini yuqoriga ko'tarilishini. Kimdir yonimizga kelib maslahat so'rasa, imkon qadar to'g'ri yo'l yo'riq ko'rsatamiz. 

- Hozir sog'ligimni tiklashga etibor qaratyapman. Menimcha jamoamizning “Neftchi”ga qarshi kechadigan bahsiga kira olmasam kerak. Endi ko'proq oilam uchun vaqt ajrataman. 

- Endi qaysi sektorda o'yin ko'rishim mumkin? Keling, bu yaxshisi sir bo'la qolsin – deydi Nodirbek To'ychiev.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика