Nodir Eliboev: "Ayni paytda jismoniy holatim kerakli darajada emas"
12 iyu 2016 14:17
Yangiliklar
Nodir Eliboev: "Ayni paytda jismoniy holatim kerakli darajada emas"
Qo'shnilarimizga qarshi o'yinga terma jamoamiz 27 iyundan boshlab tayyorgarlik ko'rdi. Ana shu mashg'ulotlar hususida Nodir Eliboevning fikrlari bilan qiziqdik.
- Joriy yig'inda murabbiylar og'ir yuklamalar berishmadi, bu nima bilan bog'liq?
- Ushbu yig'inda asosiy etibor yoshlarga qaratildi, ularning terma jamoa o'yin uslubiga, umuman tizimga kirib borishi uchun birinchi bosqich bo'ldi deyish mumkin. Terma jamoaning o'yinchilarining ko'pchiligi "Olmaliq" bilan birga klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga yo'l olgani bois, ko'proq etibor yoshlarga qaratildi.
Jahon chempionatiga asosiy tayyorgarlik keyingi yig'indan boshlanadi.
- Jarohatdan yaqindagina qutuldingiz, mashg'ulotlarda jarohat asoratlari bilinmayaptimi?
- Faqatgina bitta jihatda jarohat alomati sezilmoqda, yani jismoniy holatim kerakli darajada emas. Menimcha, bunday holatim uchun yig'inda yoshlar bilan ishtirok etish eng yaxshi variant bo'ldi.
Tolibjon Qosimov yozib oldi
Fikrlar